—
iqtisodiy tizim. Hozirgi vaqtda ishlab
chiqarish xarajatlari
va m oliya xarajatlarini kam aytirish im koniyatlarini qidirish
b irin c h i o ‘ringa q o ‘yilm oqda. Logistika m ah su lo t ishlab
chiqaruvchi va iste’molchilaming iqtisodiy qiziqishlarini bog‘lash
imkonini beradi;
—
tashkiliy-iqtisodiy tizim. Bozor sharoitida tovar harakati
jarayonlarini amalga oshiruvchi yangi tashkiliy shakllarning
vujudga keiishi va rivojlanishi davomida, boshqaruv va koordinat-
siyaning integratsion shakllari hamda ishlab chiqaruvchi korxo-
nalar, iste’molchilar, omborlar va tra n sp o rtin g o ‘zaro ta ’sirining
logistik jarayonlarini ta ’minlash
tobora katta ahamiyatga ega
bo‘lmoqda;
—
axborot tizimi. Bozor iqtisodiyoti axborot aloqalarining
rivojlanishiga ko‘maklashadi, ular bozor munosabatlarining sababi
va natijasi bo‘lib, bir-birlarini o‘zaro to'ldiradi. Axborot tushun-
chasi logistika bilan bozom i chambarchas bog'laydi, chunki
logistik jarayonlarning predmeti, vositasi va tashkil etuvchisi bo'lib
axborot oqimlari hisoblanadi;
—
texnik tizim. Bu omil logistikani tizim sifatida o'rganadi,
uni boshqarish obyektlari va subyektlari transport, ombor xo'jaligi
va boshqarishni kompyuterlashtirishda
zamonaviy texnik yutuq-
lami qo‘llash asosida rivojlanadi;
—
tovar harakati jarayonlariga davlatning ко ‘magi. Zamonaviy
sharoitlarda tovar harakatini nazorat qilish masalasi nafaqat
korxonalar darajasida, balki regionlar hamda mamlakat miqyosida
vujudga keladi.
Logistika qo‘llanilishi yuqori darajadaligi mamlakatimizda
«tovar — pul» m unosabatlarining kengayishi va intensifi-
katsiyalashuvi, korxonalar o £rtasida xo‘jalik aloqalarining oshishi,
ishlab chiqarish infrastrukturasining rivojlanishi ham da kor
xonalar va tashkilotlarning xo‘jalik
mustaqilligining kengayishi
bilan bog‘liq.
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga logistikaning ta ’siri.
M ahsulot ishlab chiqarilishidan to uning ishlab chiqarish
iste’moiigacha bo‘ladigan moddiy oqimlarni tashkil etish va bosh-
qarishga qo‘yiladigan logistika talablari mahsulot yetkazuvchi
f
bilan iste’molchi o‘rtasidagi aloqalaming rivojlanishiga yordam
beradi. 0 ‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida
yetkazib beruvchi ham «hamkor — iste’molchi» talablarini
bajarishga, ham m ahsulotni yetkazish b o ‘yicha shartnom a
munosabatlarining rivojlanishi uchun
sharoitlami yaxshilashga
intiladi.
Logistik qarashlarga amal qiiish va gorizontal aloqalarni
rivojlantirib, korxonalar bir-biri bilan ta’sischilarga xizmat ko‘rsa-
tish jarayonida yetkazish sifatini oshirishda va mahsulotni eng
kam xarajatlar bilan yetkazib borishda raqobatlashadi. Mahsulot
bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning mustahkam usuU bo‘lib
logistika hisoblanadi.
Logistika talablarini bajarishning muhim sharti bo‘3ib mahsu
lotni tayyorlash, omborga joylashtirish, tushirish,
yuklash va
jo ‘natishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini qidirish
hisoblanadi. «Transport — ombor» amallariga ketadigan xarajat-
lami kamaytirish ko‘p hollarda raqobatda va bozor munosabatlari
tizimida birinchilikni ta ’minlaydi.
Logistik boshqaruv mexanizminmg rivojlanishi va tadbiq etilishi
doimo moliyaviy zaxiralar va boshqa turdagi resurslami jalb etish
bilan bog‘hq.
Logistik tizim hamma bo‘g‘inlarining ishlash samaradorligiga
va bunda erishiladigan resurslar iqtisodiga,
umuman iqtisodiy
islohotlarning samaradorligi, bozor munosabatlarining rivojlanishi
bog‘liqdir.
Logistik amallar va xizmatlar xilma-xilligi xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengay
tirish imkonini beradi. Oldinlari faoliyat ko‘rsatgan ulguiji savdo
bazalari va tashkilotlari kompleks xizmat ko'rsatuvchi vositachi
tashkilotlarga aylanishmoqda, ular korxonalarga turli xil logistik
xizmatlar ko‘rsatishadi.