va korxona oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun logistik
tizim parametrlarini berilgan chegaralarda ushlab turuvchi ta’sir
o‘tkazadi.
Moddiy oqimlarni qayta ishlash jarayonining alohida bosqichlari
(saqlash,
qayta ishlash, tashish), korxonada, alohidalashgan bo‘lin-
malar orqali amalga oshiriladi, ulaming har biri m a’lum funksiya-
lami bajaradi.
Moddiy oqimlarning shakllanishida va qayta ishlanishida qatna-
shuvchi korxonaning funksional bo‘linmalarining tarkibi, ulaming
o ‘zaro joylashuvi va ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarishda
o‘zaro aloqalarining shakllari logistik
tizimning joylashuv struk-
turasi deb ataladi.
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimning strukturasi bir qator
omillar orqali aniqlanadi, ular orasida quyidagilarni ajratish
mumkin:
— ishlab chiqarish diversifikatsiyasi;
— mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
— yuklami
tashishni tashkil etish uslubi;
— zaxiralarni boshqarish tizimining turi.
Diversifikatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalarining tarkibiga va
maxsus yo‘naltirilganligiga, omborlarning soniga, zaxiralarning
assortimentiga, yetkazib beruvchilar bilan aloqalarning xilma-xillik
darajasiga va ulaming soniga ta’sir o‘tkazadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi zaxiralarning va alohida ishlab
chiqarishning hajmini, ularning miqdorini hamda yuk oqimlarining
quwatini aniqlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qancha katta bo‘lsa,
shuncha ishlab chiqarish bo‘linmalari yirikroq, ulaming maxsus
yo‘naltirilganligi aniqroq, korxonaga
keUb tushayotgan va undan
chiqib ketayotgan yuklaming hajmi katta bo‘ladi. Ishlab chiqari
layotgan mahsulot hajmining o‘sishi o'rtacha bir kunlik materiallar
xarajatining o ‘sishiga ohb keladi va kattaroq zaxiralarni tashkil
etishni asoslaydi.
Yuklami tashishni tashkil etish uslubi transport bo'linmala-
rining soniga, ishlaming bajarilish i qatnashchilarining tarkibiga,
mahsulot harakatida bo‘g‘in3arning soniga va oraliq omborlarning
50
miqdoriga ta ’sir qiladi. Masalan, yuk oqimlarini tashkil etishning
tranzit sxemasiga o ‘tish, mahsulot harakatida bo‘g‘inlar sonining
kamayishiga va yuklarni qayta ishlash bo‘yicha
ishlar hajmining
qisqarishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish ichki tashish
ishlarining hajmi va miqdoriga hamda tugatilmagan islilab chiqarish
miqdoriga ta ’sir ko'rsatadi.
Zaxiralarni boshqarish tizimining turi ishlab chiqarishda ular-
ning kattaligiga ta’sir o£tkazadi: kelib tushishlar orasidagi vaqt
intervali va buyurtma hajmi qancha katta bo‘lsa, ishlab chiqarish
zaxiralarining darajasi shuncha katta bo'ladi.
Logistik tizimning oraliq strukturasi moddiy oqimlarni vaqt
bo'ylab qayta ishlash amallarining bajarilish ketma-ketligini oldin-
dan aniqlab beradi. Bunda yuzaga keladigan vaqt aloqalari
buyurtma bajarilish jarayonida alohida bosqichlar oqib o‘tadigan
yoki oraliq natijalari — voqealari belgilab olinadigan vaqt kesmalari
bilan xarakterlanadi.
Moddiy oqimlarni tashkil etishning vaqt
aspektini tasniflashda
quyidagi tushunchalar qo£llaniladi: buyurtmaning bajarilish sikli,
buyurtm a bajarilish siklining tuzilm asi, buyurtm a siklining
davomiyligi.
Buyurtma bajarilish sikli - bu vaqt bo'ylab m a’lum tarzda
tashkil etilgan elem entar oqimlarning kompleksi,
bu oqimlar
buyurtmaning qabul qilinishidan to bajarilishigacha bo'ladigan
harakati jarayonida logistik amallar bajarilishi natijasida yuzaga
keladi.
Buyurtmaning qabul qilinish vaqti m a’lum turdagi va yo‘na-
lishdagi mahsulotni ishlab chiqarishga talabni kelib tushishining
vaqt nuqtasini xarakterlaydi.
Buyurtma bajarilish vaqti mahsulotning savdo-sotiq tizimiga
(shaxsiy iste’mol mahsulotlari) yoki buyurtmachi korxonaning
omboriga (ishlab chiqarishga moMjallangan mahsulotlar) kelib
tushishini bildiradi.
Buyurtmaning bajarilish siklining tuzilmasi 6 ta bosqichni o‘z
ichiga oladi:
buyurtmaning qabul qilinishi; texnik tayyorgarlik
(yangi buyurtma olinganida faqat bir m arta rejalashtiriladi),
materiallami yetkazib berish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ishlab
51
chiqarishning o ‘zi (yig'uvchi qismlar bilan ta ’minlangan buyurt-
maning ishlab chiqarishga berilishidan ishlab chiqarishdagi hamma
ishlarning tugatilishigacha), buyurtmani yetkazib berish.
Buyurtma bajarilish sikli 3.1-jadvalda ko'rsatilgan.