• Mahsulot zaxiralari
  • Joriy zaxiralar
  • Tayyorlov zaxiralari
  • Moddiy zaxiralarning turlari




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/173
    Sana17.12.2023
    Hajmi8,34 Mb.
    #121531
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173
    Bog'liq
    ARMUmarova D.M.Logistika

    Moddiy zaxiralarning turlari. Xomashyoning mahsulotga 
    aylanishi y o lida va mahsuiotning oxirgi itse’molchigacha bo‘lgan 
    harakatida zaxiralarning ikkita asosiy turi tashkil etiladi: ishlab 
    chiqarish va mahsulot zaxiralari.
    Ishlab chiqarish zaxiralari
    iste’molchi-tashkilotlarda shakllan- 
    tiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga 
    moljallangan.
    Mahsulot zaxiralari
    ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor 
    mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan 
    iste’molchiga qaratilgan harakatidagi zaxiralardan, ya’ni ulguiji 
    va chakana savdo korxonalarida, tayyorlov tashkilotlarida va 
    yoldagi zaxiralardan iborat. U lar iste’molchilarning moddiy 
    resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun zarur.
    Ishlab chiqarish va mahsulot zaxiralari joriy, tayyorlov, sug‘urta 
    va mavsumiylarga bo‘linadi.
    Joriy zaxiralar
    korxonada yetkazib berishlar o‘rtasidagi interval 
    icliida uzluksiz ishni ta’minlash va mahsulot partiyalarini optimal 
    miqdorda ishlab chiqarish uchun zarur. Zaxiralarning bu qismi 
    bir tekis va vaqtida ta’minot sharoitlarida yetkazib berish va bir 
    martalik iste’mol hajmlarining mos kelmasligi hamda material 
    harakati bilan bog‘liq bolgan to £xtashlar natijasida shakllanadi.
    Tayyorlov zaxiralari
    materiallami isblatishga tayyor! ash va 
    ularni ish joylariga yetkazib berish davrida uzluksiz ishni ta’minlash 
    uchun tashkil etiladi.
    Kafolatlangan (su g‘urta) zaxiralari
    ta ’m inot jarayonidagi 
    uzilishlar yoki ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar vujudga 
    kelgan holatlarda korxonaning ishini ta’minlash uchun zarur. Bu 
    zaxiralar yordamida haqiqiy talab bashorat qilinganida ishlab 
    chiqarilayotgan mahsuiotning haqiqiy hajmini rejalashtirilgandan 
    va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy m uddatlarini 
    rejadagilardan chetlanishlari qoplanadi.
    Mavsumiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki iste’mol hajmining 
    mavsumiy o ‘zgarishlari bilan asoslanadi. Bu zaxira bashorat
    113


    qilinayotgan (mavsumiy) talabning o ‘sishini qondirishga hamda 
    dam olishlar davrida korxona quvvatining pasayishiga moMjallangan.

    Download 8,34 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish