VII BOB. LOGISTIKA TIZIMLARIDA
ZAXIRALARNI BOSHQARISH
Reja:
1. Zaxiralar turlari.
2. Zaxiralarni boshqarish tizimida xarajatlar.
3. Zaxiralarni nazorat qiiish tizimlari.
4. Zaxiralarni boshqarish strategiyalari va tovar siyosati.
5
. Zaxiralarni aniqlash usullari va optimallashtirish.
7.1. Zaxiralar turlari
Moddiy zaxira tushunchasi. Moddiy zaxiralar — bu ishlab
chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga
kirishini kutayotgan
xomashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va
boshqa moddiy qiymatlardir.
Korxonada zaxiralarning asosiy
qismini moddiy oqimning
texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga
kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlari tashkil etadi.
Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari. Korxonada zaxiralar
ikkita asosiy sabab bo'yicha tashkil etiladi:
1. Kelib tushishning hajm i bitta iste ’moi hajm iga mos
kelmasligi.
2. Material kelib tushishi bilan uning iste’moli orasida vaqt
o'zgarishlarining mavjudligi.
Xomashyo
materiallarini yetkazib berish, ko‘p hollarda davriy
ravishda amalga oshiriladi, ulaming iste’moli, asosan,
uzluksiz
bo‘ladi va kelib tushish vaqti bilan mos kelmaydi. H ar bir
korxonaning uzluksiz ishlashini ta ’minlash maqsadida xomashyo.
materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg‘i
va boshqa resurs-
larning m a’lum turdagi zaxiralari tashkil etiladi. Zaxiralarni tashkil
etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular
— narxiarning mavsumiy o‘zgarishi; yetkazib berishlaming qabul
qilingan grafigining buzilishi (kirib
kelayotgan moddiy oqim
mtensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o ‘zgarishi (chiqib
ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va
boshqalar.