chiqilayotgan tizimda buyurtmalar belgilangan vaqt oraliqlaridan
keyin emas, balki ombordagi zaxiralar minimal darajaga teng yoki
kamroq bo‘lish sharti bajarilganda beriladi. Buyurtma berilganda
uning miqdori shunday hisoblanadiki, kelib tushayotgan materiallar
zaxiralarni maksimal darajada to ‘ldirishi kerak.
Davriyligi o ‘matilgan va buyurtma miqdori belgilangan tizim
(strategiya TQ) doim iy, vaqt oralig‘i o'zgarm as zaxiralar
tekshiruvini nazarda tutadi. Agar tekshiruv vaqtida ulam ing
darajasi buyurtma nuqtasiga yetgan yoki undan kamayib ketgan
boclsa, navbatdagi buyurtma beriladi, optimal partiya Q miqdorida
beriladi.
К о‘rib chiqilgan zaxiralarni nazorat qiiish tizimlarining grafik
ko‘rmishlari 7.4-rasmda keltirilgan.