buyurtmalami berish davrlari belgilanadi. Bu kattalik bo‘yicha
grafikdan zaxiralarning to ‘iiq ishlatilish hollariga mos keluvchi
talab miqdori aniqlanadi.
Logistika jarayonlarini boshqarishdan maqsad logistik tizim-
laming samaradorligini oshirishdan iborat. Bu maqsadga erishishda
katta e ’tibor logistik xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish va
qisqartirishga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar tarkibida bu
x a ra ja tla rn in g m iq d o ri k a tta , m asa la n , m ash in aso zlik d a
10—15 %ni, yengil va oziq-ovqat sanoatida 30—45%ni tashkil etadi.
Logistik tizimda xarajatlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Korxona ichida moddiy oqimlarni tashkil etish bilan bog‘liq
xarajatlar.
2. Mahsulotni sotish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar.
Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish bilan bogMiq
xarajatlar. Logistik funksiyalami amalga oshirish bilan bogMiq
xarajatlar hamma turdagi omborlardan moddiy resurslami xarid
qilishda, ombor operatsiyalarini bajarishda, transport va yuklash-
tushirish ishlarini bajarish jarayonida va hokazolarda vujudga keladi.
Korxonada moddiy oqimlami tashkil etishda vujudga keladigan
xarajatlar guruhiga quyidagi funksiyalami bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar kiradi: turli xil maqsadlarga yo'naltirilgan zavod
omborlarini ishlatish; zaxiralarni shakllantirish va saqlash; ichki
tashish ishlarini tashkil etish; jo cnatilgan tovarlarni tanlash va
ulami qadoqlash; hujjatlami tayyorlash.
7.1-jadvalda AQSH va Buyuk Britaniyada tovar harakatiga
ketadigan xarajatlar stukturasi keltirilgan (%da).