chiqarish miqdori mehnat predmetlarini texnologik jarayon ope-
ratsiyalaridan o‘tish tezligini ko‘rsatadi.
Tugatilmagan ishlab chiqarish hajm ini boshqarish ishlab
chiqarish siklining davomiyligini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
7.4. Zaxiralarni boshqarish strategiyalari
va tovar siyosati
Zaxiralarni boshqarishning bir nechta strategiyalari mavjud.
Bu strategiyalar maxsus xizmatlar ishchilariga, oddiy hisoblami
o‘tkazish asosida zaxiralarni boshqarishda korxonaning siyosatini
aniqlash imkonini beradi.
Eng katta ehtiyotkortik strategiyasi.
Bu strategiya, asosan, zarur
zaxira miqdori bir kun ichida zaxiralarning maksimal iste’molini
yetkazib berishning eng katta davomiyligiga ega bo‘lgan davriga
yig'indisi sifatida aniqlanadi. Natijada keying! buyurtma berilish
vaqtiga to ‘la miqdorda ishlatilib tugatilmaydigan zaxiralar vujudga
keladi.
Qo ‘shimcha zaxira strategiyasi.
Bu holda iste’mollaming kafolati
moddiy resursiaming qo‘shimcha zaxiralarini tashkil etish hisobiga
ta ’minlanadi. Q o‘shimcha zaxiralar miqdori quyidagi uslublar
bo‘yicha aniqlanadi:
1-uslub:
Zaxira miqdori o ‘rtacha talab miqdorining mustahkamlik
koeffitsiyentiga to ‘g‘irlangan o‘rtacha o ‘zib ketish vaqti ko‘payt-
masiga teng. Asosan uning miqdori 25—40 %ga teng.
2-uslub:
Saqlash birliklari o‘rtacha miqdori iste’mol davrining o‘rtacha
miqdorining ildizosti ko‘rsatkichi sifatida aniqlanadi.