Xalqaro transport koridorlari




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/173
Sana17.12.2023
Hajmi8,34 Mb.
#121531
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Bog'liq
ARMUmarova D.M.Logistika

6.5. Xalqaro transport koridorlari
Transport koridorlarini rivojlantirish 0 ‘zbekiston Respublikasi 
tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining jadal 
sur’atlarda rivojlanishi, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari 
duch keladigan tashqi savdo yuklarini tashishni rivojlantirishda 
mavjud muammolarning hal etilishiga bog‘liqdir. Akademik V. 
Bartold ta ’kidlaganidek, «Turkistonning kelajagi jahon savdosida 
unga qanday o‘rin tegishli bo‘lishi bilan belgilanadi. Uning savdo 
ahamiyati temir yo'llari, quruqlik va dengizda savdo ohb bori- 
lishining rivojlanishiga tamoman bog‘langandir».
Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanganidan so'ng dengizga chiqish 
yo‘llariga ega bo'lmagan mamlakatlarning soni 29 taga yetdi va 
0
‘zbekiston dunyo okeanidan kamida ikki mamlakat hududi bilan 
ajratilgan davlatlardan bo‘lgani bo is, bu ro'yxatdan alohida o ‘rinni 
egalladi.
Mustaqillikka erishgunga qadar 0 ‘zbekiston o‘zining tashqi 
savdo aloqalarini uch yo‘nalish ~ Ilyichevsk shahridagi (Qora 
dengizga chiquvchi), Sankt-Peterburgdagi (Boltiq dengiziga chi­
quvchi), Vladivostokdagi (Uzoq Sharqqa chiquvchi) dengiz portlari 
orqali amalga oshirar edi. Respublikadan mazkur portlargacha 
bo'lgan masofa 3000, 4300 va 8000 km.ni tashkil etgan va bu 
holat yuklami tashishni nihoyatda qimmatlashtirgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faol chora-tadbirlari 
hamda tegishU vazirlik va tashkilotlaming tashqi savdo yuklarini 
tashishga moljallangan muqobil transport koridorlarini izlash va 
samarali foydalanishga doir muvofiqiashtiriigan ishi natijasida 
xalqaro transport koridorlarining keng tarm og‘i yaratildi va 
takomillashib borayapti.
106


Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini 
tashish, quyidagi asosiy transport koridorlari orqali amalga 
oshiriladi.
1-koridor — (Q ozog‘iston va Rossiyadan tra n zit bilan) 
Boltiqbo‘yi mamlakatlarining portlari Klaypeda (Litva), Riga, 
Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya) yo‘nalishida;
2-koridor — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomon, Belarus va 
Ukraina orqali (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit bilan) Chop 
(Ukraina) va Brest (Belarus)ga;
3-koridor — (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit bilan) Qora 
dengizga chiquvchi Ukrainaning Ilyichevsk porti tomon;
4-koridor - (Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali 
tranzit bilan) TRASEKA koridori nom i bilan mashhur Qora 
dengizga chiquvchi Transkavkaz koridori yo‘nalishida;
5-koridor - (Turkmaniston orqali tranzit bilan) Fors ko‘rfaziga 
chiquvchi Eronning Bandar-Abbos porti yo‘nalishida;
6
-koridor — sharqiy yo'nalishda qozoq-xitoy chegara yo‘li 
orqali (Do‘stlik/'Alalshankou) Xitoyning sharqiy portlari, shuning­
dek, Naxodka, Vladivostok va b. Uzoq Sharq portlari tomon;
7-koridor — (Qirg‘iziston orqali tranzit bilan) Sariq dengiz, 
Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlariga chiquvchi Xitoy 
portlari tomon;
8
-koridor — Afg‘on muammosining muvofiqlashtirihshi muno- 
sabati bilan Afg‘onistondan tranzit orqali Eron va Pokistondagi 
Bandar-Abbos, Chaxbaxar (EIR ), Gvadar va Karachi (PIR) 
portlariga janubiy muqobil transport koridorlarining ishlab chiqish 
istiqbollari yaratilyapti.
1996-yil 12-mayda 0 ‘zbekistonnning faol qatnashuvi bilan 
uzunligi 320 km ni tashkil etgan Tedjen — Seraxs — Mashhad 
tem ir yo‘l magistralining yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro transport 
koridorlarini rivojlantirishda muhim yutuq bo‘ldi va bu Markaziy 
Osiyo davlatlarining Eron va Turkiya hududlari bo‘ylab, jahon 
bozorlariga chiqishlari uchun yangi transosiyo koridorini ochdi. 
Shu yilning o‘zida Seraxsda 0 ‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya 
va Turkmaniston rahbarlari «Temir yo‘1 transporti faoliyatini 
m uvofiqlashtirish to ‘g ‘risida» Shartnom a va «Qatnashuvchi
107


mamlakatlar o‘rtasidagi yuk tashib o‘tishni muvofiqlashtirish sohasi 
bo‘yicha» Bitim imzoladilar.
2005-yilning may oyida Eron hududida Mashhad — Bandar
— Abbos yo‘nalishidagi (Tehronni aylanib o‘tganda) Bafk — 
Meshxed temir yo‘li qurilishining tugashi bilan portgacha bo‘lgan 
masofa 800 km dan ortiqqa qisqardi.
1998-yil sentyabr oyida Bokuda Ozarbayjon, Gruziya va 
0 ‘zbekiston tashabbusi, shuningdek, Yevropa ittifoqining qo‘llab- 
quwatlashi bilan «TRASEKA - Tarixiy Buyuk Ipak Yo‘lining 
tiklanishi nomli «Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 12 daviat 
rahbarlari, jumladan, 0 ‘zbekiston tomonidan «Yevropa — Kavkaz
— Yevropa xalqaro koridorining rivojlanishiga doir xalqaro 
transport bo‘yicha asosiy ko'ptomonlama Bitim», shuningdek, 
mazkur Bitimga xalqaro temir yo‘l transporti, xalqaro avtomobil 
transporti, xalqaro savdo kemalari qatnovi, bojxona qoidalari va 
hujjatlarga ishlov berish masalalari bo'yicha Texnik Ilovalaming 
imzolanishi Konferensiyaning asosiy natijasi bo‘ldi.
«Yevropa — Kavkaz — Osiyo» (TRASEKA) transport koridori 
Markaziy Osiyo respublikalariga, Yevropadan Qora dengiz bo‘ylab 
Kavkaz va Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan quruqlik va dengiz 
yo‘naUshlari tarmog‘i sifatida ahamiyatlidir. TRASEKA yo‘na- 
ILshini, Yevropa va Osiyo oVrtasidagi savdo munosabatlarini rivoj­
lantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, mazkur koridor 
bo'ylab Yevropaga yuk tashish nihoyatda qulay ekanligiga amin 
boTamiz. Asosiy transokean yo'nalishi bo‘ylab Yokogamadan 
harbiy Yevropa portlari (Rotterdam, Gamburg, Апи'ефеп va b.) 
gacha bo‘lgan masofa «TRASEKA» yo‘na!ishiga qaraganda ikki 
barobar uzunroqdir.
2003-yil 18-iyunda Tehron shahrida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Afg'oniston Islom Respublikasi va Eron Islom Respublikasi daviat 
rahbarlari o ‘rtasida respublikaning tashqi savdo yuklarini Eron 
portlariga tashish masofasini 1500 km ga qisqartirishga imkon 
beruvchi «Xalqaro transafg‘on transport koridorini yaratish 
to ‘g‘risida» Bitim imzolandi.
2011-yilning mart oyida «Pokiston va 0 ‘zbekiston o‘rtasida 
tovarlarni tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik to ‘g‘risida»
108


Bitimning kuchga kirishi va Afg‘onistondagi vaziyatning muvofiq- 
lashtirilishi holatida o'zbek yuklarining tranziti uchun Afg'oniston 
hududidan foydalanishning yangi istiqbollari ochilmoqda.
0
‘zbekistonda m amlakatning tranzit salohiyatini oshirish 
maqsadida magistral temir yo‘l kommunikatsiyalarining shakllan- 
tirilishiga katta e’tibor qaratilyapti, buning tasdiqi sifatida 
2001

yilda uzunligi 341 km boMgan «Navoi — Uchquduq — Sulton 
Uvaystog1» hamda 2007-yilda uzunligi 220 km ni tashkil etgan 
«Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on» temir yo‘li qurihshining 
nihoyasiga yetganini keltirishimiz mumkin.
2010-yilning noyabrida Afg‘onistonda uzunligi 75 km ni tashkil 
etgan Xayraton — Mozori-Sharif dastlabki temir yo‘lining qurilishi 
va foydalanishga topshirilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasi 
uchun katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur loyiha « 0 ‘zbekiston 
temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tom o­
nidan Osiyo taraqqiyot bankining qo‘llab-quw atlam shi bilan 
amalga oshirildi.
Baku — Tbilisi - Axalkalaki-Kars yo‘nalishidagi tem ir yo‘l 
qurilishining tez sur’atlarda nihoyalanishi hamda butun yo‘l davo- 
mida mufassal tarifning qo'llanilishi, mazkur yo‘nalishdan Janubiy 
va Markaziy Yevropa mamlakatlari bozorlariga, shuningdek, Mer- 
sin, 0 ‘rtayer dengizi porti va Yaqin Sharqqa chiqishda foydalanish 
imkonini beradi. Xalqaro savdoni rivojlantirish, mintaqalar o‘rtasida 
keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, 2011-yil 25- 
aprelda 0 ‘zbekistonning tashabbusi bilan Ashxabod shahrida 
« 0 ‘zbekistan — Turkmaniston — Eron-Ummon - Qatar» yangi 
transport koridorining yaratilishi to ‘g‘risida davlatlararo Bitim 
imzolandi. Mazkur transport koridori Markaziy Osiyo mamla­
katlari hamda Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi portlari o‘rtasida 
yuk va yo‘lovchilami tashish uchun mustahkam qatnovni ta ’- 
minlaydi.
Mazkur loyihaning samarali amalga oshirilishi mamlakatlar 
o‘rtasida o ‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustah- 
kamlash va kengaytirishga, tranzit yuk oqimlarini ko‘paytirishga, 
dunyo bozorlariga chiquvchi yangi aloqalarni ta’minlashga xizmat 
qiladi.

Download 8,34 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish