169
o‘zlashtirish, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi.
Bilimli
avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining
garovidir. Raqamli ta'lim - bu butun o'quv dasturini bajarish
uchun texnologiyadan
foydalanadigan va talabalarga tez o'rganish imkonini beruvchi o'rganish strategiyasidir.
Talabalar noutbuklar, planshetlar va shu kabi texnologik
yoki internetga ulangan
gadjetlardan foydalanadilar. O‘qituvchi o‘rgatgan narsalarni qayd qilish o‘rniga, o‘quv
dasturining aksariyati o‘quvchilarga qiziqarli va interaktiv platforma orqali onlayn
tarzda yetkaziladi. O’rganilgan bilimlar ya’nada yaxshi o’zlashtirilishi
uchun
kompyuter orqali quiz testlar orqali o’tgan mavzularni bilish darajasini
mustahkamlaydilar. Internet yangi aloqa kanallarining paydo bo'lishiga olib keldi, bu
esa ta'lim ma'lumotlarini uzatish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Raqamli texnologiyalar masofaviy ta’lim ya’ni
boshqa davlatning nufuzli
universitetlari o’quv dasturini o’rganish, bilimlarni shakllantirish kabi imkoniyatlarni
yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning turli xususiyatlari 2-rasmda ko'rsatilgan.