Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana20.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#62359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy topshiriq, учебная практика менеджмент
Kompyuterli ta’lim. 
Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM 
rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga keldi. 
Kompyuter – (ing. Computer - hisoblayman) – oldindan berilgan dastur bo‘yicha 
ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy 
kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) bo‘lib hisoblanadi va ularning ta’lim – 
tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, kompyuter 
ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy – texnik 
universal vositasi bo‘lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko‘taradi. 


Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik 
masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish; o‘qitish jarayonini boshqarish; 
natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni bajarish; o‘quv jarayoni rivojlanishi 
haqida ma’lumotlarni to‘plash va shu kabilar. 
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu 
boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi: 

alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya, 
chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash; 

umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil 
fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz, sintez qilish)ni 
rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni 
kuchaytirish. 
Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish 
ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa, uning asosiy vazifalari intellektual salohiyatni 
ko‘tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim – tarbiyada optimal variantlarni 
kafolatlashlardan iboratdir. 
Kompyuterlar yordamida ta’lim – tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga 
imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi 
hamda yangi ko‘rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim – tarbiyada universal 
didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va natijada 
ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi. 
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, 
algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib keluvchi mantiqiy jihatdan mukammal va 
izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va 
malakalarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi va ketma – ketligini 
ta’lim oluvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’lim samaradorligi fikrlash 
faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy 
tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi. 
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o‘qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim 
oluvchilarning o‘z – o‘zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim 
dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha yengillashtiradi. Ular yordamida kompyuter 
texnologiyalaridan boxabar bo‘lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o‘qituvchilari ham 
bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin. 
Chop etilgan materiallar audio va vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni 
kengaytirish va soddalashtirish, o‘quv materialini qulay va ko‘rgazmali tarkiblash uchun
shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi. 
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: 

o‘qitish dasturlarining mukammalligi; 

hisoblash texnikasining mukammalligi va o‘qitish jarayonida foydalanishdagi 
qulayligi. 

Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja

Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish