• Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim)
  • Muammoli o‘qitishning afzalliklari




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #62359
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2-amaliy topshiriq, учебная практика менеджмент
    Muammoli o‘qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida 
    bilimlarni mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni 
    rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari ta’lim 
    oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va hal etish 
    uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har 
    bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi. 
    Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi 
    tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” 
    terminidan kelib chiqadi. 


    Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, uning yordamida ta’lim 
    oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga oshirilishida 
    zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
    Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etishga 
    mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida o‘quv jarayonini olib borishning optimal variantlariga 
    erishiladi. U kibernetika, informatika, matematik logika, hisoblash texnikasi asoslari va 
    psixologiya fanlarining samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining 
    pedagogikada joriy etilishi natijasi ko‘rinishida XX asrning 50 yillarida paydo bo‘ldi. 
    Dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv materialini kichik – kichik qismlarga bo‘lish, ushbu qismlarning 
    biridan ikkinchisiga o‘tish tartibi (qoidalari) ni belgilash, xususan, har bir qismni o‘zlashtirish 
    yuzasidan aniq ko‘rsatmalar, topshiriqlar berish, o‘z – o‘zini nazorat qilishni ta’minlash kabi 
    yo‘llar bilan amalga oshiriladi. U ta’lim oluvchining bilim egallashi yo‘lida har bir qadamni 
    nazorat qilishga imkon beradigan va shuning asosida, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, 
    qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishini yo‘qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga 
    imkon beruvchi o‘quv jarayonining texnologiyasini yaratishga yo‘naltiriladi. 
    Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

    o‘quv materialining alohida qismlarga ajratilishi; 

    o‘quv jarayonining bilimlarini o‘zlashtirish bo‘yicha bilimlarning muayyan miqdorlari 
    (bo‘laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo‘lgan ketma – ket bosqichlardan iborat 
    bo‘lishi; 

    har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi; 

    nazorat topshiriqlarini to‘g‘ri bajargan ta’lim oluvchining yangi materialni o‘zlashtirish 
    uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish

    to‘g‘ri javobni topishda ta’lim oluvchining yordamchi va qo‘shimcha tushuntirishlarni 
    olishi; 

    har bir ta’lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli bo‘lgan mavzular 
    bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi; 

    natijalar monitoringi, ya’ni barcha nazorat topshiriqlari bajarilishi natijalarining qayd 
    etilishi; 

    ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining ta’lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur 
    jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va individual yondashuvni amalga 
    oshirishi; 

    ta’lim jarayonida o‘qitishning o‘ziga xos vositalarining keng qo‘llanilishi (kompyuterli 
    o‘rgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy kompyuterli o‘yinlar, trenajerlar, 
    nazorat qilish qurilmalari, o‘qitish mashinalari va shu kabilar). 

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish