• Darsning strukturasi, elementlari va tiplari
  • Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #62359
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2-amaliy topshiriq, учебная практика менеджмент
    Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli 
    So’nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir 
    qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda.
    Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari: 
    - mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga 
    bo’linadi; 
    - har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining 
    bevosita rahbarligida bajaradi
    - topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini 
    beradigan yo’sinda bajariladi; 
    - guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi, uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv 
    imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan bo’lishi nazarda tutiladi 


    Darsning strukturasi, elementlari va tiplari 
    Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Avvalo, strukturaning nimaligini ko’rib 
    o’tamiz. Ma'lumki, strukturasiz tizim bo’lmaganidek, tizimsiz struktura ham bo’lmaydi. Shunga 
    ko’ra strukturani tizimdagi o’zaro bog’liq elementlarning tartiblari deb ta'riflash mumkin. Biz 
    tizim tushunchasiga nimalarni kiritamiz? 
    Tizim  – o’zining xossalari va bog’lanishlari bo’yicha u yoki bu tartibdagi o’zaro bog’liq 
    ko’p elementlardir. 
    O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo’ladi: 
    1. O’quvchining o’quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o’quv 
    materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o’rtaga qo’yishi. 
    2. O’qituvchi tomonidan bilimlarning berilishi jarayoni va o’quvchilarning yangi materialni 
    o’zlashtirish.
    3. Ilmiy tushunchalarning umumlashtirilishi va shaklantirilishi jarayoni, o’quvchilarning 
    bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
    4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash. 
    5. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani tekshirish. 

    Download 0.5 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish