• “SUHBAT” VA “SINKVEYN” METODLARINING QO‘LLANILISHI Matyakubova Rayxan Tulibayevna
  • “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali




    Download 473,11 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi473,11 Kb.
    #119548
      1   2   3
    Bog'liq
    suhbat-va-sinkveyn-metodlarining-qo-llanilishi
    2 5366337121231585644, sesmalogiya, Maktabgacha-2, 958373, GbKtfb-KVNm3UvR6v a7Dw, Doc2, gxtnOpDK4syzHPcMVAAwPyUkK1lkezrDkMTueiBa, 3-MUSTAQIL ISH


    “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
     

     
     
     
     
     
    №16
     
    70 
    “SUHBAT” VA “SINKVEYN” METODLARINING QO‘LLANILISHI 
     
    Matyakubova Rayxan Tulibayevna 
    Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning
    o‘zbek tili o‘qituvchisi 
    Sultanova Muyassar Djumanazarovna 
    Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning
    ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7503368
     
     
     
    Annotatsiya: Mazkur maqolada dars jarayonida interfaol metodlarning 
    ahamiyati hamda ona tili va adabiyot darslarida qo‘llaniladigan “Suhbat” va 
    “Sinkveyn” metodlari haqida so‘z yuritiladi. 
    Kalit so‘zlar: ona tili, adabiyot, metod, so‘z, interfaol, “Suhbat” va “Sinkveyn”. 
    Dars – muqaddas. Buni har bir o‘qituvchi chuqur anglagan holda har bir darsiga 
    alohida e’tibor va mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim. Shundagina o‘qituvchi 
    o‘quvchilarga yangi bilim beribgina qolmasdan, ularning qalbida fanga bo‘lgan 
    qiziqish uyg‘ota oladi. Buning uchun esa bugungi kunda mamlakatimizda barcha 
    shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. O‘qituvchilardan esa yaratilgan imkoniyatlardan 
    to‘laqonli foydalanishgina talab etiladi xolos. 
    Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodga, ularni har tomonlama 
    komil insonlar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda esa, albatta, 
    ta’lim muassasalarining, ayniqsa, maktablarning roli va ahamiyati nihoyatda katta. 
    Shuning uchun ham mamlakatimiz ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, 
    amaliyotga tatbiq qilinmoqda. 
    Darhaqiqat, bugungi ta’lim jarayonini interfaol usullarsiz tasavvur etish qiyin. 
    Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar muayyan guruhlarda o‘qitiladigan 
    o‘quv fanining bosh maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, qo‘llanilgan 
    interfaol usul hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. O‘qituvchi tanlagan usul 
    dars davomida bolaning faolligini, kattalar va tengdoshlari bilan to‘g‘ri muloqot qila 
    olishini ta’minlashi, tilda mavjud, biroq o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan yangi so‘z 
    va iboralarning mazmunini anglash, eslab qolishga, muloqot jarayonida qo‘llashga 
    harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur.
    Interfaol usullardan foydalanilgan 
    holda o‘tilgan darslar o‘quvchilarni ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda 
    hal etishga, fikrni erkin bayon qilishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar 
    yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga chorlaydi
    Shunday ekan, har bir fan o‘qituvchilari qatori ona tili va adabiyot fani 
    o‘qituvchilaridan ham darslarni interfaol metodlarni qo‘llagan holda qiziqarli qilib 



    Download 473,11 Kb.
      1   2   3




    Download 473,11 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

    Download 473,11 Kb.
    Pdf ko'rish