• 11.4. Internet va uning sport fanidagi imkoniyatlari 188
  • f o y d a la n u v c h ig a




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    f o y d a la n u v c h ig a
    jo ‘natiladi.Izlash tizimlarining ikkinchi 
    xili katalog tuzuvchilardir. Bunday tizimlar iyerarxiya belgilari 
    bo‘yicha tartibga keltirlgan mavzu boiim lari asosida Web - 
    sahifalaming manzillarini qidiradi.
    Bugungi kunda izlash tizimlarining bu ikki turi bir-biriga 
    yaqinlashib, ular orasidagi chegaralar tobora shartli tus olib 
    bormoqda. Har ikki tizim endi talabnomaga javoban Internetda 
    topilgan sahifaning katalogini beradigan boidi.
    11.4. Internet va uning sport fanidagi imkoniyatlari
    188


    Izlash samarali boiishi uchun, eng avvalo, uning maqsadini 
    aniqlashtirish kerak. Keyin izlash uchun zarur kalit so‘zlar 
    ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlami tayin qilib olish juda muhim. Agar 
    kalit so‘z sifatida, masalan: «Sportdagi ilmiy tadqiqotlar» kabi 
    keng tushuncha tanlab olinsa, u holda topilgan sahifalar hajmi 
    shu qadar katta bo‘ladi-ki, ulaming hammasini ko‘rib chiqish 
    juda ko‘p mehnat talab qiladi. To‘g‘ri, aniq va qisqa tanlangan 
    kalit so‘zlar izlash sohasini toraytiradi, shu tariqa zarur axborotni 
    topish uchun ketadigan vaqt va harakatlami tejaydi. Intemetda 
    o‘nlab, yuzlab ming axborot bog‘lamlariga yo‘naltiruvchi 
    ko‘rsatmalari bo‘lgan ko‘p millionlab axborot materiallarini 
    saqlovchi o‘nlab izlash tizimlari mavjud. Mazkur bobning oxirida 
    ulaming eng keng ommalashganlari keltirilgan.Olimlar uchun 
    Internet, birinchi navbatda, butun dunyodagi hamkasabalari 
    bilan muloqot qilish vositasidir. Ilm-fan allaqachonlar miliy 
    sarhadlardan oshib o‘tgan, ammo faqat Intemetgina ishonchli, 
    tezkor, qulay muloqot vositasi - elektron pochtadan foydalanish 
    imkonini beradi. Aynan Internet elektron pochtasi ilm olamida 
    keng ommalashgan. Elektron pochta (E-mail) axborot matnlarini 
    Internet tarmog‘i orqali jo ‘natish vositasi sifatida paydo bo‘ldi.
    Elektron pochta tushunchasi odatdagi pochtani eslatadi. 
    Chindan ham, E-mail jo ‘natar ekansiz, oddiy xat - maktubdagidek, 
    u qayerga va kimga yuborilayotganini, o ‘z manzilingizni 
    ko‘rsatasiz. Siz, xatni bir necha manzilga yuborishingiz, unga 
    fayl, multimedia axboroti, video hamda tovushli parchalar va 
    hokazolami qo‘shib yuborishingiz ham mumkin.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish