KIRISII
Hozirgi paytda «Sport metrologiyasi» ham ilmiy tadqiqotlar
yo‘nalishi sifatida, ham o‘quv fani sifatida rivojlanishda davom
etmoqda.
Mazkur o‘quv qoMlanmaning mazmuni:
- jismoniy tarbiya va sportda o‘lchash va nazoratning
metrologik asoslari;
- testlar nazariyasi asoslari;
- baholash nazariyasi asoslarini bayon etadigan materiallardan
tashkil topgan.
Jismoniy
tarbiya
va
sport
mashg‘ulotlarini
tashkil
qilish jarayonida
sportchilar, ya’ni jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilar to‘g ‘risida doimiy va batafsil axborot bilan
ta’minlab turilgan taqdirdagina sport murabbiylari, pedagoglar
va sohaning boshqa mutaxassislari o‘z faoliyatlarini samarali
amalga oshirishlari mumkin.
Bunday ma’lumotlami tahlil qilish va qayta ishlash, o‘z
navbatida, trenirovka mashg‘ulotlarining asosiy va hal qiluvchi
yo‘nalishlarini hamda kerakli
samarali vositalarini tanlash,
tayyorgarlik ishlarini sifatli rejalashtirish, dasturlash va samarali
amalga oshirish imkoniyatini beradi.
0 ‘quv qo‘llanmada, sportchilaming yuksak tayyorgarlik
darajasiga erishishiga xizmat qiladigan trenirovka, mashq
qilish, musobaqa oldi va musobaqa yuklamalari hamda sportchi
tayyorgarlik darajasi ko'rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar,
oMchashning aniqliklari, testlarga va ulaming ishonchligiga
boMgan talablar, ularda olingan natijalami turli shkalalar bo‘yicha
baholash va o‘zaro taqqoslash masalalari yoritilgan.