• Tezkor trenirovka samarasi
  • Tarbiyainstituti b. B. Musayev




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    -gavda tu zilish i;
    - fiziologik funksiyalaming, xususan harakatlanish funk- 
    siyasining holati, ya’n i :
    a) ma’lum doiradagi murakkab harakatlami bajara olish 
    imkoniyati (ya’ni texnik tayyorgarligi);
    b) harakatlanuvchanlik (jismoniy) sifatlar darajasi.
    Inson hayotning turli sharoitlari ta’siri ostida deyarli majburan 
    kelib qolgan jismoniy holati, odatda, talab qilinadigan holatdan 
    yoki insonning istagi darajasidan ancha yiroq bo‘ladi.
    Shuning uchun insonning jismoniy holatini boshqarish va shu 
    yo‘l bilan uni kerakli yo‘nalishga tomon o‘zgartirish zarur. Bu 
    masalani hal qilishga esa maxsus (asosan, jismoniy mashqlar 
    ko‘rinishidagi) vositalardan foydalaniladigan jismoniy tarbiya 
    xizmat qiladi. Masalan, sport seksiyasiga birinchi marta kelgan 
    insonning jismoniy holati, aytaylik, kuch yoki egiluvchanlikning 
    yuqori bo‘lmagan ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ushbu 
    yangi kelgan sportchining trenirovka jarayonini kerak bo‘lgan 
    tarzda tashkil etib zikr etilgan sifatlardan biri yoki ikkalasining
    11


    ham darajasini ko'tarish, ya’ni ushbu inson holatini boshqarish 
    mumkin.
    Sport mashg‘ulotlarida (trenirovkalarda) bunday boshqa- 
    rishning asosiy 
    maqsadi - sportdagi yutuqlaming o ‘sishida 
    ifodalanadigan sportchining jismoniy holatini muntazam ravishda 
    tobora yaxshilab borishdir.
    Sport mashg‘ulotlari (trenirovkalar) dagi ana shunday 
    boshqarishning murakkabligi va asosiy muammosi shundan 
    iborat-ki, biz sportchining sportdagi natijalari o ‘zgarishini 
    bevosita boshqara olmaymiz. 
    Masalan, biron-bir to‘g ‘ridan- 
    to‘g‘ri yo‘l bilan sportchining kuchi yoki chidamkorligini oshirib 
    qo‘yish imkoniyatiga ega emasmiz. Buni faqat boshqa bir vosita 
    orqaligina (ya’ni, bilvosita) amalga oshirish mumkin.
    Amalda murabbiy (trener) sportchining harakatlarini (yoki, 
    boshqacha aytganda, xulqi - o‘zini tuta bilishini) boshqarishi 
    mumkin xolos:
    murabbiy sportchiga m a’lum maqsadga yo‘naltirilgan aniq va 
    ma’lum harakatlar va mashqlami bajarish dasturini (trenirovka 
    yuklamasini) beradi va ushbu dasturni, xususan, harakat va 
    mashqlaming texnikasini, to‘g‘ri bajarilishiga erishishga harakat 
    qiladi.
    Ikkita yangi atama (ibora) kiritamiz. Tezkor trenirovka 
    samarasi (TTS) deb jismoniy mashqlami bajarish jarayonida 
    va ulami bajarib bo‘lishi bilanoq sportchi organizmida sodir 
    boiadigan o'zgarishlarga aytiladi. 
    Charchoq sodir bo‘lishi 
    sababli TTS, odatda, ish faoliyatining susayishi va sportdagi 
    natijalaming pasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
    Ko‘p 
    sonli 
    trenirovka 
    mashg1 ulotlarining 
    asoratlarini 
    jamlanib borishi - yig‘indisi sababli organizmda sodir bo‘ladigan 
    o‘zgarishlarga kumulativ (lotincha kumul -  to‘plam so‘zidan 
    olingan) trenirovka samarasi (KTS) deb aytiladi.
    Trenirovka jarayoni to‘g‘ri tashkil etilgan hollarda bu samara 
    sportchining ish qobiliyatini yuksalishi va sport natijalarining 
    o ‘sishida ifodalanadi.
    12


    Shunday qilib, sport trenirovkasi jarayonida falsafaning asosiy 
    kategoriyalaridan biri bo‘lgan sabab va oqibatning quyidagi 
    ketma-ketligi kuzatiladi:

    Download 4,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish