Boshqarish tizimi haqida tushuncha




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

1.2.1. Boshqarish tizimi haqida tushuncha
Fanda biron-bir tizim funksiyasini boshqa zaruriy holatga 
o‘tkazish jarayoniga boshqarish deb aytiladi.
Yagona butun birlashmani tashkil qiluvchi elementlar to‘p- 
lamiga tizim deb aytiladi. Masalan, insonni yurak-qon tomirlari 
tizimi, sportchi organizmi, «ustoz-shogird» tizimi, sport klubi, 
sport jamiyati va boshqalar tizimga misol bo‘ladi.
Bir turdagi tizimlar (masalan, turli sportchilaming yurak- 
qon tomir tizimlari) kattaligi (son qiymati) bo‘yicha bir-biridan
7


farq qiladigan bir turdagi xossalarga ega. Tizimning vaqt o‘ti- 
shi bilan son qiymati o ‘zgarib boradigan biron bir xossasini 
xarakterlaydigan kattalik o ‘zgaruvchi (yoki boshqacha nomlari
- parametr, xarakteristika, ko‘rsatkich) deb aytiladi. Har qanday 
real tizim ko‘p sonli o ‘zgaruvchilar bilan xarakterlanadi. Biroq, 
ulaming hammasi ham birday muhim boim asligi mumkin.
0 ‘rganilayotgan masala nuqtayi nazaridan muhim bo‘lgan 
o‘zgaruvchilar ahamiyatli (yoki yuqori informativ), ushbu 
nuqtayi nazar bo‘yicha muhim bo‘lmaganlari esa ahamiyatsiz 
(yoki informativligi past yoki yuqori bo‘lmagan) deb aytiladi.
Vaqtning qaralayotgan paytida tizim ahvoli uning ahamiyatli 
o‘zgaruvchilarining qiymatlari to‘plami bilan aniqlanadi.
Uni koordinatalar tizimida grafik usulda bitta nuqta ko ‘ rinishida 
ifodalash qulay. Masalan, uzunlikka sakrovchi sportchilar uchun 
yugurib kelish maksimal tezligi va sakrovchanlik (depsinishda o‘z 
gavdasiga katta tezlik bera olish qobiliyati) katta ahamiyatga ega 
ekanligi m a’lum. Agar grafikda (1.1 - rasm) koordinata o‘qlari 
bo‘ylab yugurib kelish tezligi ko‘rsatkichlari va joyidan turib 
uzunlikka sakrash natijalarining o‘zaro bog‘liqligi ifodalansa, 
u holda (koordinatalar tekisligida) sportchining holatini yaqqol 
tasvirlanishini olish mumkin.

Download 4,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish