I bob. SPORT METROLOGIYASIGA KIRISH




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

4


I bob. SPORT METROLOGIYASIGA KIRISH
1.1. Sport metrologiyasi fani va uning vazifalari
Metrologiya so‘zi yunon tilidagi «metron» -  o ‘lchov va 
«logos» - bilim, fan, fikr m a’nosini anglatadigan so‘zlardan kelib 
chiqqan bo‘lib, tarjima qilinganda «o‘lchash haqidagi fan» degan 
ma’noni anglatadi.
Har qanday fan ham o‘lchashdan boshlanadi va shuning uchun 
oMchashlar, oMchashlami amalga oshirish uslublari va ulaming 
yakdilligini hamda kerakli aniqligini ta’minlash vositalari 
to‘g‘risidagi fan ixtiyoriy fan sohasida asosiy hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan sport metrologiyasi fizik kattaliklami an’anaviy 
klassik o ‘lchash sohasidagi bilimlardan bir qator prinsipial farq 
qiladi.
Umumiy metrologiyaning asosiy vazifasi o‘lchashlaming 
birligi va aniqligini ta’minlash hisoblanadi. Sport metrologiyasi -
bu jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘lchashlar to‘g‘risidagi 
fan. Sport metrologiyasining o‘zigaxosxususiyati shundan iborat- 
ki, undagi o ‘lchash obyekti - tirik tizim - odam hisoblanadi.
Sport metrologiyasi ilmiy fan sifatida umumiy metrologiyaning 
bir qismidir. Agar umumiy metrologiyaning asosiy vazifasi 
oMchashlaming aniqligi va birligini amalga oshirish hamda 
ta’minlash bo‘lsa, u holda sport metrologiyasining vazifasi sport 
faoliyatidagi oMchashlar va nazorat qilish hisoblanadi.
Sport metrologiyasining predmeti jismoniy tarbiya va sportda 
majmuaviy nazoratni amalga oshirish bo‘lib, o‘z tarkibiga 
sportchining holatini, trenirovka yuklamalarini, mashqlaming 
bajarish texnikasini, taktik tayyorgarlik darajasini, sport natijalari 
hamda sportchining musobaqalarda o‘zini tutishi va xulq-atvorini 
nazorat qilishni oladi.
5


Uning mazmuni doirasiga, xususan, quyidagilar kirad i:
1) sportchining turli payt va vaziyatlardagi sport holatini na- 
zorat qilish;
2) sportchining trenirovka yuklamasini, turli harakatlami ba- 
jarish texnikasini va sport musobaqasi davridagi xulqini nazorat 
qilish;
3) yuqorida keltirilgan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha nazoratga 
olingan ma’lumotlami taqqoslash, baholash va tahlil qilib zarur 
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
4) musobaqalarda sportchining holatini, xulq - atvori va sport 
natijalarini nazorat qilish;
5) sportdagi o ‘lchash texnikasi to‘g‘risida umumnazariy bi- 
limlar tizimini takomillashtirish, sport metrologiyasining naza- 
riy asoslarini qo‘llash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish;
6) sport sohasida qo‘llanayotgan zamonaviy o‘lchash tizimi 
va usullarini keng yoritib borish, ya’ni o‘lchov asboblaridan 
foydalanish va ulaming yordamida o ‘lchash o‘tkazish, ulardagi 
xatoliklami aniqlash, olingan natijalami tahlil qilish va ular 
asosida rejalar, dasturlar qabul qilish malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantirish;
7) majmuaviy nazoratning metrologik asoslari, ya’ni 
sportchining tayyorgarligi hamda musobaqa va o ‘quv mash- 
g ‘ulotlaridagi faoliyatini nazorat qilishning mazmuni va 
turlari, bundan tashqari, o ‘quv mashg‘uloti yuklamalari va 
ulami hisoblash, yuklamalar ko‘rsatkichlari va sportchilaming 
tayyorgarlik darajasi dinamikasini aniqlash.
Sport metrologiyasining ixtisoslashganligini oMchash ob- 
yektlarining quyidagi xususiyatlari aniqlab beradi:
-
o‘zgaruvchanlik; insonning fiziologik holati va uning sport 
faoliyati natijalarini xarakterlaydigan o‘zgaruvchi kattaliklaming 
doimiy emasligi. Barcha ko‘rsatkichlar (fiziologik, morfo- 
anatomik, psixofiziologik va shu singarilar) doimo o‘zgarib turadi, 
shuning uchun ko‘p martali takroriy o‘lchashlar va keyinchalik 
olingan natijalami statistik qayta ishlash zarur;
6


- ko‘p o‘lchamlilik; bir vaqtning o ‘zida jismoniy holatni va 
sport faoliyati natijasini xarakterlaydigan ko‘p sonli o ‘zga- 
ruvchilami birdaniga o‘lchash zarurati;
- kvalitativlik; aniq miqdoriy o‘lchash imkoniyati bo‘lmagan 
hollarda bir qator o‘lchashlarning sifatlilik xarakterda bo‘lishi;
- adaptivlik; yangi shart-sharoitlarga moslashish qobiliyati 
bo‘lib, u ko‘p hollarda o ‘lchashning haqiqiy natijasini buzib 
ko‘rsatadi;
- harakatchanlik; ko‘pchilik sport turlari uchun xarakterli 
bo ‘ lgan va o ‘ Ichash jarayonining j iddiy tarzda murakkablashishiga 
sabab bo‘ladigan fazodagi doimiy siljishlar;
- boshqaruvchanlik; obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq 
holda trenirovka, tayyorgarlik yoki musobaqa jarayoni (davomi) 
da sportchining harakatlari va holatiga maqsadga yo‘naltirilgan 
ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Shuningdek, sportda tanlash masalalari, sport natijalarini ba- 
shorat qilish, sport modeli tavsiflariga metrologik talablar ham 
katta o ‘rin tutadi.
Sport metrologiyasining maqsadi: yuksakyuklamalami bajarib 
borish fonida maksimal sport natijalariga erishish va shu bilan 
bir vaqtda sportchining salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan 
majmuaviy nazoratni amalga oshirish.
1.2. Sport faoliyati boshqarish jarayoni sifatida

Download 4,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish