2.1. 0 ‘lchash shkalalari




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

15


2.1. 0 ‘lchash shkalalari
Shkala (lot. “shale” -  narvon) - hisoblash tizimining elementi 
b o iib , uning yordamida kuzatilayotgan obyektni m a’lum bir 
obyektlar guruhiga kiritish amalga oshiriladi.
0 ‘lchash shkalalari soni juda ham ko‘p. Bu yerda ulardan sport 
sohasida eng kerakli bo‘lgan to‘rttasi qisqacha bayon etiladi.
A tam alar shkalasi. Bu shkala mavjud shkalalar orasidagi 
eng soddasi. Unda sonlar o ‘rganilayotgan obyektlaming yorlig‘i 
yoki farq qilish alomati (masalan, futbol jamoasi o ‘yinchilarining 
tartib raqami) rolini bajaradi.
Atamalar shkalasini tashkil etgan sonlaming o ‘rinlarini 
almashtirishga ruxsat etiladi. Bu shkalada «katta yoki kichik» 
tipidagi munosabatlar qoMlanilmaydi. Atamalar shkalasidan 
foydalanilganda faqat bir nechta amal (operatsiya)lar bajarilishi 
mumkin xolos.
Masalan, unda qo‘llangan sonlami qo‘shish yoki ayirish 
mumkin emas, biroq u yoki bu sonni necha marta uchrash 
chastotasini sanash mumkin.
Tartib shkalasi. Tartib shkalasida egallangan o‘rin rang deb, 
ushbu shkalaning o‘zi esa rangga oid yoki nometrik shkala 
deb aytiladi. Bunday shkalada uni tashkil etgan sonlar ranglar 
bo‘yicha tartibga solingan (ranjirovka qilingan) bo‘ladi, biroq 
ranglar orasidagi intervallarni aniq o‘lchab bo‘lmaydi.
Atamalar shkalasidan farqli o ‘laroq, tartib shkalasi o‘l- 
chanayotgan obyekt xarakteristikalarining o‘zaro bir-biriga nis- 
batan tengligi yoki tengsizligini aniqlash imkoniyatini beribgina 
qolmay, balki «katta - kichik», «yaxshiroq - yomonroq» va hokazo 
mulohazalar ko‘rinishidagi tengsizlik xarakterini ifodalash 
imkoniyatini ham beradi.
Tartib shkalasidan foydalanib aniq miqdoriy me’yorlarga 
ega bo‘lmagan ko‘rsatkichlar sifatlarini o‘Ichash mumkin. Bu 
shkalalardan, ayniqsa, ijtimoiy fanlarda: pedagogika, psixologiya, 
sotsiologiyada keng foydalaniladi.
16


Tartib shkalasi ranglari bilan atamalar shkalasi sonlariga 
nisbatan ancha ko‘p amal (operatsiya) lar bajarish mumkin.

Download 4,09 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish