• tezlik va tezkorlikka taalluqli kattaliklar (berilgan vaqt
oralig‘i davomida sarflanadigan energiya miqdori; harakatlanish
amallarini bajarishda tezlikka erishish, siljish va yo‘nalishni
o ‘zgartirish tezligi; mashqlami bajarish jarayonida chiziqli va
burchak tezlanish);
• vaqtga bog‘liq ko‘rsatkichlar (vaqt oralig‘i va vaqt birligi -
momenti, harakat davomliligi, harakat tempi va ritmi);
• geometrik kattaliklar (sportchining egallagan vaziyati: be
rilgan koordinatalar tizimida gavda yoki uning ba’zi qismlarini
joylashish koordinatalari: sakrash, sport musobaqalarida irg‘itish
va shu kabi natijalarini o ‘lchashda berilgan ikki nuqta orasidagi
masofa, figurali uchishda majburiy shakl va konturlami hosil
qilishda chiziladigan konturlaming to‘g ‘riligini o'lchash; gavda
bukirligi va (ploskostopiya) oyoq osti tekislik darajasini o ‘lchash);
• fizik xossalami xarakterlaydigan kattaliklar (inson gav-
dasining zichligi, solishtirma og‘irligi; sport gigiyenasida
namlikni o ‘lchash;
suyak-mushak tizimidagi yopishqoqlik,
qattiqlik, elastiklik );
• miqdoriy kattaliklar (gavda va uning alohida qismlarining
massalari va og‘irligi);
• kimyoviy tarkibni xarakterlaydigan kattaliklar (bunday kat
taliklar shunchalik ko‘p-ki, ulami bu yerda sanab o'tish juda
qiyin);
• issiqlik parametrlari (tana harorati va ma’lum sharoitlarda
tana tomonidan chiqariladigan yoki yutib olinadigan issiqlik
miqdori bilan aniqlanadigan ko‘rsatkichlar);
• radiatsion parametrlar (yadro radiatsiyasi - inson gavdasi
va uning alohida elementlari massasini radioizotop usullaridan
foydalanib o ‘lchash va skanirlashni amalga oshirish; yosh
sportchilaming suyak yoshini (yoki biologik yoshini) aniqlash;
skeletning fotometrik o‘lchamlarini aniqlash va shu singarilar);
• elektrik kattaliklar (turli a’zolar: yurak, mushaklar, miya va
shu singarilaming biopotensiallari).