•
nazorat qilinuvchi parametrlami minimumlashtirish tamoyili.
Asosiy parametrlaming minimal sonli bo‘lishiga erishish zarurligi,
chunki bu boshqarishning aniqligi va ishonchliligini oshiradi.
Yuqorida zikr etilgan tamoyillar hozirgi zamon pedagogi-
kasining umumiy didaktik tamoyillarining ajralmas bir qismi
hisoblanadi.
Trenirovka qurilmalari - bu, trenirovka jarayonidagi aniq lokal
masalalami yechishga xizmat qiladigan texnik vositalardir.
Sport anjomlari - bu, musobaqa qoidalari bilan belgilanadigan
vositalar.
Trenirovka jarayonida bajaradigan funksiyasiga qarab texnik
vositalar sifatida trenajyorlar yoki avtomatlashgan boshqaruv
tizimlari tanlanishi mumkin.
Trenajyor-bu, atrof-muhit va shart-sharoitlamingtabiiy holida
trenirovka va musobaqa faoliyatini imitatsiya qilish imkonini
beradigan texnik vositalardir, ya’ni, ta’lim olayotganlaming
kelajakdagi real faoliyatining u yoki bu sharoitlarini modellash-
tirishga yordam beradigan qurilma va moslamalardir.