XI bob. JISM ONIY TARBIYA VA SPORT FAOLIYATIDA
Q O ‘LLANADIGAN TEXNIK VOSITALAR
11.1. Sport fanida ilmiy-texnik
axborotning ahamiyati
Sport fanida tadqiqotlaming hajmi muntazam ortib, ulaming
mavzulari va mazmuni ham tobora kengayib bormoqda. Ilmiy
tadqiqotlaming samaradorligi va sifatini oshirishda ulami yana
ham jadallashtirish katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, sport
fanining turli muammolari bo‘yicha tadqiqot
natijalarini tezlik
bilan jismoniy tarbiya amaliyotiga tatbiq etish zarur. Bularning
barchasi jismoniy tarbiya mutaxassislarini ilmiy-texnik axborot
bilan ta’minlanishini, ta’kidlash joizki, faqat jismoniy tarbiya
va sportning xilma xil jihatlari bo‘yicha emas, balki u bilan
to‘g‘ridan to ‘g‘ri yoki bilvosita bog‘liq fanlar (fiziologiya,
tibbiyot,
pedagogika, psixologiya, biomexanika va boshqalar)
bo‘yicha ham axborot bilan ta’minlanishini kuchaytirishni shart
qilib qo‘yadi. Bunda, zaruriy ilmiy-texnik axborotlami yetarlicha
to‘liq va tezkorlik bilan olayotganiga mutaxassisda ishonch
bo‘lishi lozim.
Hozirgi paytda ilmiy tadqiqotlar doirasida tashkiliy,
nazariy
va tajriba faoliyati bilan bir qatorda axborot faoliyati ham
ajralib chiqib, mustaqil yo‘nalish bo‘lib shakllangan. Uning
rivoji informatika deb atalmish ilmiy axborotning tuzilishi va
xususiyatlarini, ilmiy-axborot faoliyatini,
uning nazariyasi tarixi,
uslubiyati va tashkil etilishini o ‘rganadigan yangi ilmiy fanning
paydo bo‘lishiga olib keldi. Informatikaning vazifalari orasida
ilmiy axborotni taqdim
etish, yig‘ish, tahliliy-sintetik qayta
ishlash, saqlash, izlash hamda tarqatishning eng maqbul yo‘llarini
ishlab chiqishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
177
Jismoniy tarbiya va sport sohasida
foydalaniladigan ilmiy-
texnik axborot har xil manbalarda bo‘lishi mumkin. Ushbu
manbalami bilish, ulardan zarur ma’lumotlami topa olish
boshqaruv samaradorligini belgilaydigan omillardan hisoblanadi.
Jismoniy harakatning taraqqiyoti ko‘p jihatdan mazkur
sohada ilmiy-texnik axborotni tashkil etish darajasiga, boshqaruv
apparatini o‘z vaqtida axborot bilan to ‘la ta’minlashga bogiiqdir.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyati va harakatini boshqarish
axborot hamda uning tizimisiz samarali tarzda amalga oshirilishi
mumkin emas. Uning tashkil etilishi qanchalik mukammal bo‘lsa,
boshqaruv shunchalik sifatli va samarali bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya
harakatining turli tizimlari orasida yaxlit (butun) tizim bilan
uning atrofini o‘rab turgan muhit orasida axborotning muntazam
almashinib turishi boshqaruvning zarur halqasi sanaladi.
Axborot jarayonlarining mavjudligi tizimning o ‘z butunligini
saqlab qolishi va takomillashib borishi garovidir.
Ilmiy- tex
nik axborotning aniq tashkil etilgan tizimi mavjud bo‘lmasa,
murabbiylar sport fani va yutuqlarining oldingi saflarida vaziyat
qandayligini yaxshi tasavvur eta olmaydilar. Shu bilan birga, agar
axborot almashinuvi yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa ayrim tadqiqotlar
murabbiylar tomonidan amaliyotda qo‘llanilmaydi,
shuning
uchun mutaxassislar ilgarigidek faqat o ‘z shaxsiy tajribalariga
tayanib ishlayveradilar, murabbiylar esa ba’zan olimlar
qanday
muammolar ustida tadqiqot olib borayotganlarini, qanday
yo‘nalishlami tanlayotganlarini, qanday ilmiy asarlar chop
etilayotganligini ham bilmaydilar.
Murabbiylar, jismoniy tarbiya va sport sohasi olimlari hamda
mutaxassislarining axborot ta’minotini yaxshilash masalalarini
an’anaviy kutubxona-bibliografiya usullari bilan hal etish amri
mahol.
Ilmiy-texnik axborot oqimining muntazam ko‘payib borishi,
ilmiy tadqiqot mavzularining kengayishi va shu bilan bog‘liq
holda axborot ehtiyojlarining o ‘sib,
murakkablashib ketishi
mazkur soha mutaxassislarini axborot bilan ta’minlashning yangi
178
zamonaviy - yanada mukammalroq usul hamda vositalarini
zudlik bilan ishlab chiqishlari va joriy qilishlarini talab etadi.
Ilmiy-texnik axborotni taqdim etish, saqlash, ishlov berishning
elektron shakllariga o‘tish obyektiv reallikka aylanib, uni
iste’molchiga yetkazishning eng samarali vositasiga aylanmoqda.
Internet orqali axborot topish yoki CD tashuvchilarda ma’ lumotlar
zaxirasidan foydalanish an’anaviy qog‘oz texnologiyalari bilan
qiyoslaganda ish samaradorligini yuz va ming marotaba oshirib
yuboradi.