3)
informativ elementlami bajarish
texnikasi samaradorligi
aniqlanadi.
10.10. Texnika o‘zlashtirilganIigini nazorat qilish
Texnik mahorat (TM)ni takomillashtirish bosqichma - bosqich
amalga oshiriladi va har bir bosqichda harakatlar texnikasining
o‘zlashtirilganligini nazorat qilish kerak.
Ushbu maqsad uchun
quyidagi mezonlar:
1) mashq natijasi;
2) uning biomexanik xarakteristikalari eng
ko‘p qo‘llanadi.
Ikkinchi mezonning informativligi eng katta bo‘ladi. Biroq, u
bir qator omillarga bog‘liqligi sababli (ular qancha ko‘p bo‘lsa,
harakat shunchalik murakkabroq bo‘ladi),
faqatgina natija
bo‘yicha mashq texnikasining o‘zlashtirilganligini aniqlash
qiyin.
Buning uchun,
shuningdek, mashqning biomexanik
xarakteristikalarini ham baholash kerak.
Harakatlaming o‘zlashtirilganligini
nazorat qilishda quyidagi
ikki yo‘nalish o‘zaro farqlanadi;
1)
texnika
stabilligini
aniqlash;
2) uning
barqarorligini baholash. Birinchi holda
harakat xalaqit beruvchi omillaming (charchash, his-hayajonlar
va boshqalar) ishtirok etish natijasiga ta’siri ahamiyatsiz bo‘lgan
standart sharoitlarda (ko‘p hollarda ustma-ust bajarish,
trenirovka
mashg‘ulotlarida o ‘tkaziladigan nazorat musobaqalar jarayonida)
bajariladi. Nisbatan qulay sharoitlarda harakatlami bajarishda
natijalar va asosiy biomexanik xarakteristikalaming barqarorligi
(kichik variativligi) ulaming o ‘zlashtirilganligidan dalolat beradi.