\
Umuman, keng ma’noda olib qaralganda, eng yuqori natijaga
erishishni ta’minlaydigan harakatlar (usul) texnikasi eng samarali
deb tan olinishi kerak. Biroq, u ko‘pgina omillarga, shu jumladan,
motivatsiya, sportchining jismoniy va taktik tayyorgarlik darajasi
va shu singarilarga bog‘liq. Shuning uchun texnika samaradorligi
mezoni sifatida sport natijalaridan foydalanish cheklangan.
Ko‘pchilik hollarda buning uchun o ‘rganilayotgan harakatlar
texnikasini yoki biomexanik etalon bilan yoki mohir va mashhur
sportchi texnikasi bilan solishtiradilar.
Texnikaning absolut samaradorligini aniqlash uchun o‘r-
ganilayotgan
harakat texnikasi ko‘rsatkichlari
qiymatlari
biomexanik, fiziologik, psixologik va estetik tasavvurlar asosida
tanlangan etalon qiymatlari bilan solishtiriladi.