Qayd etilgan ko‘rsatkichlar (grafoanalitik, matematik-statistik
va shu kabilar) tahlil qilinishi kerak va uning natijalaridan
sport
texnikasi samaradorligining mezoni sifatida foydalaniladi.
Harakatning biomexanik xarakteristikalarini qayd qilish sport
texnikasi samaradorligini baholashning boshlanishi hisoblanadi.
Mazkur bosqichda bajarilgan o ‘lchashlardagi ancha katta
xatoliklami keyinchalik amalga
oshiriladigan hech qanday
muolajalar bilan ham bartaraf etib bo‘lmaydi; buning oqibatida
esa sportchi TM haqidagi yakuniy xulosa xato bo‘ladi. Shunday
qilib, sportchining TMini baholash aniqligi, eng avvalo, harakatlar
biomexanik xarakteristikalarini o ‘lchash aniqligiga bog‘liq
boiadi.
Masalan, kinofototexnikadan
foydalanish faqatgina
suratga olish
chastotasi o'lchashlarga qo‘yiladigan barcha metrologik
talablarga rioya qilgan holda soniyasiga
100 lavhadan kam
bo‘lmasagina samarali bo‘ladi.
10.6. Texnika hajm ini nazorat qilish
Texnika hajm i sportchi trenirovka mashg‘ulotlari va
musobaqalarda bajaradigan harakatlaming umumiy soni bilan
aniqlanadi.
Texnikaning m usobaqaviy hajm i variativ (ya’ni, o‘zgarib
turadi) va raqibning toifasiga (yoki kvalifikatsiyasiga yoki
mahorati darajasiga), bellashuv taktikasi
va shu singarilarga
bog‘liq. Masalan, oliy liga futbol jamoalarining o ‘yinchilari
bajaradigan o‘yin harakatlarining optimal hajmi 600 - 800, futbol
bo‘yicha terma jamoamiz o‘yinchilari uchun ushbu ko'rsatkich
800 - 900.
Shu bilan birga, nisbatan
kuchli jamoalar bilan
o ‘ynaganda o‘yin harakatlari hajmi 500 ga ham yetmasligi,
nisbatan kuchsiz jamoalar bilan o'ynaganda esa
1000 dan ortib
ketishi mumkin.
Siklik xarakterdagi (yugurish, suzish, eshkak eshish) sport
turlarida texnikaning musobaqaviy
hajmi bitta va shu bilan bir
168
vnqlda ko‘p marta takrorlanadigan harakatdan (qadam va eshkak
csliishdan) iborat bo‘ladi.
Sportchi texnikasining