lmitatsion modellashiirish




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

lmitatsion modellashiirish deb real tizimli modelni yaratish 
va uni tajriba o‘tkazish qoidasiga muvofiqligi yoki har xil 
variantlaming samaraliligini baholashga aytiladi. Imitatsiya 
so‘zining o‘zi tasavvur qilishni, aniq bir obyektda tajriba 
o‘tkazmasdan turib uning mohiyatini tushunishni bildiradi.
lmitatsion modellar o‘zlarining 2 xil holati:
1) modellashtirishni kompyuterda ko‘p marta ishlab chiqish va 
optimal masalalami yechish;
2) sifat va mantiq munosabatlaridan matematik tenglama va 
tengsizliklar kabi foydalanish bilan ajralib turadi.
Taktikaning birinchi imitatsion modeli o‘tgan asming 
50-yillarida tuzilgan. Harbiy ishdagi havo jangining dastlabki 
mexanik modeli 3 soatda tugagan bo4 Isa, hozirgi elektron variant 
modeli havo jangini 10 000 marta tez, ya’ni mashina vaqti bilan 
hisoblaganda 1 soniyada hal qiladi. Sport taktikasining birinchi 
imitatsion modeli beysbol o ‘yini pozitsiyasi va o‘yin elementlari 
- koptokni uzatish, koptokni urish, koptok uchun kurash va 
hokazolami ko‘rsatib berishda qo‘llangan.
Siklik sport turlarida musobaqa faoliyatining modeli 
quyidagilar orqali xarakterlanadi:
-
uchastkalar maydoni;
-
uchastkalarda harakat qilish shartlarining ko‘rsatkichlari;
-
uchastkalarda sportchining tezligi;
-
start va uchastkalar chegarasini kesib o‘tishda sportchining 
ish qobiliyati yoki charchash darajasi.
Bundan tashqari kompyuterga sportchining tayyorgarlik 
darajasi haqida axborot kiritiladi va ularga qayta ishlov beriladi.
162


10.4. Taktik moharatni nazorat qilishning
instrumental usuli
Bunday usullar ko‘p sonli emas. Sport o ‘yinlari va 
bellashuvlarda bu usul musobaqa faoliyatini stenografiya qilish 
va sportchining taktik fikrlashini testlash uchun qo‘llaniladi.
Musobaqa faoliyatini stenografiya qilishda maxsus mexanik 
moslamalar ishlatilsa ish osonlashadi hamda natijalar ishonchli 
va obyektiv boMadi. Moslamaning har bir tugmachasiga steno- 
grammaning belgisi qo‘yilgan. Tugmachalaming har birida hara- 
katlar yig‘ indisini sanab turadigan hisoblagich (schyotchik) bor.
Taktik fikrlashni testlash apparati - ekranli diaproyektor, 
hisoblash bloki va tugmachalar manipulyatoridan tuzilgan.
Sportchiga o'yinning bir necha holatlari tasvirlangan diapozitiv 
ekranda ko'rsatiladi. U o‘z sport turiga oid alomatlardan qaysi 
biri to‘g ‘ri pozitsiyada turganligini tezda aytishi va o‘z fikrini 
tugmachani bosishi bilan bildirishi kerak. Elektron hisoblash 
mashinasi vaqt yigMndisini, xatolar sonini avtomatik hisoblab 
beradi. Yechimlaming qanchasi (zarur boMsa, foizlar hisobida) 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ekspertiza usuli natijalari bilan 
solishtirib aniqlanadi.
Siklik sport turlarida sportchining masofadagi harakat tezligini 
oMchash uchun avtomatik moslamalar, musobaqa sharoitini 
imitatsiya qiluvchi trenajyorlar (veloergometr, suv havzasi 
(basseyn) da suzish, tredban, gidrodinamik basseyn) hisoblanadi.
Instrumental 
usuldan 
foydalanish 
taktik 
tayyorgarlik 
ko‘rsatkichlarini qayd etishning ishonchliligini oshiradi va ish 
hajmini kamaytiradi.

Download 4,09 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish