10.2. Taktik mahoratning miqdoriy ko‘rsatkichlari Taktikaning umumiy hajmi deb sportchi yoki jamoa
o‘zlashtirgan variant va taktik yurishlar to‘plamiga aytiladi.
Taktikaning musobaqa hajmi deb musobaqa sharoitlarida
foydalaniladigan taktik yurish va variantlar to‘plamiga aytiladi.
Odatda, taktikaning musobaqa hajmi umumiy hajmidan kam bo‘-
ladi, shuningdek, musobaqa mas’uliyati qanchalik yuqori bo‘Isa,
taktikaning musobaqa hajmi shunchalik kam bo‘ladi.
Taktikaning hartomonlamaligi sportchi yoki jamoa taktik
imkoniyatlari(arsenali)ningqanchalikturli-tumanliginiko‘rsatadi.
Masalan, taktik yurishlaming ko‘p sonli klassifikatsiyalaridan biri
ulami monoton, keskin, noto‘g‘ri m a’lumot beruvchi va sug‘urta
qiluvchi sifatlarga bo‘linadi.
Monoton taktik yurish deb tasodifiylik elementi bartaraf
etilgan va shu sababli musobaqa natijasiga hal qiluvchi ta’sir
etmaydigan taktik yurishga aytiladi. Misol: futbolda koptokni
qisqa masofaga uzatish, yon tomonga tashlash, tepib olib yurish
kiradi.
Kutilmagan, gohida tavakkal qilingan taktik usullar (koptokni
tortib olish, koptokni uzoq masofaga oshirish, yakkakurashlar)
o ‘tkir yoki qarama-qarshi taktik yurish deb aytiladi.
Dezinformatsiyalovchi taktik usul amalga oshiriladigan haqiqiy
harakatni yashirishda qo‘llaniladi. Himoyalanish usuli
raqib
amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hujumni yoki
uning qarshi
hujumining oldini olish uchun qo'llaniladi.
Taktikaning umumiy va musobaqaviy hartomonlamaligi
farqlanadi.
159
Ko‘p hollarda, trenirovka mashg‘u!otlarida sportchilar turli-
tuman taktikani namoyish etadilar, taktik variant va yurishlaming
musobaqa sharoitidagi to'plami ancha kam bo‘ladi va, shu bilan
birga, ular, asosan, monoton yurishlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Bu sportchilaming taktik tayyorgarligi darajasini yetarlicha
yuksak emasligidan dalolat beradi.
M a’lum bir taktik variant (yurish) ni qo‘llash sharoitida
maqsadga erishish imkoniyati mazkur usul (variant) ning
samaradorligi (intensivligi) va ratsionalligi bilan xarakterlanadi.
Ratsionallik aniq sportchiga nisbatan taktik variant (yurish)
ni xarakterlaydi. Ma’lumki, masalan, monoton taktik yurishlarga
nisbatan keskin taktik yurishlardan foydalanish muvaffaqiyat
keltiradi.
Natijalar obyektiv o‘lchanadigan sport turlarida sportchi o‘z
oldiga qanday maqsad qo‘yganligiga qarab taktikaning ikki turi
mavjud:
- o ‘zi uchun eng yuqori natijani ko‘rsatish (shaxsiy rekord)
(«natija»ga ko‘rsatma berish);
- mazkur musobaqada aniq raqiblar ustidan g ‘alaba qozonish
(«g‘alaba»ga ko‘rsatma berish).
Ikkinchi ko‘rsatmada hamma vaziyat va hollarda yaroqli
bo‘ladigan taktikaning ratsional variantlari bo‘lmaydi. Bu yerda
hamma narsa sportchi va raqiblarning individual xususiyatlariga
bog‘liq b o ‘ladi.
Birinchi ko‘rsatma to‘g‘risida gapirganda, bu yerda eng yuqori
ehtimollik bilan eng yuqori natija ko‘rsatish mumkin bo‘lgan
ratsional variantlar mumkinligini ta’kidlash lozim.
Taktika samaradorligi aniq bir sportchining taktik mahoratini
xarakterlaydi. Taktika individual optimal (ratsional) variantga
qanchalik yaqin bo‘lsa, u shuncha yuqori samarali bo‘iadi.
Taktik variantlar samaradorligini eng oddiy nazorat usuli
alohida texnik-taktik harakatlaming natijaviyligini nazorati bilan
mos tushadi.
160
Ideal hollarda esa har bir taktik usul muvaffaqiyatli bajarilishi
kerak.
Va shuning uchun u yoki bu taktik variantning natij aviyligi
(muvaffaqiyatliligi) mazkur variantni muvaffaqiyatli qo‘IIash
foizi sifatida aniqlanadi.