Ratsional taktikani izlash




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

10.3. Ratsional taktikani izlash
Baholanayotgan taktik variantlar eng yaxshi taktik variantlar 
bilan solishtirib ko‘riladi. Bunday variantlar quyidagilar:
1) tekshirish va xatolar usulidan tajribaviy topilgan individual 
va optimal taktika;
2) yuqori malakali sportchi, jamoa yoki chempion taktikasi;
3) modellashtirish yo‘li bilan topilgan optimal taktika.
Birinchi holatda mumkin bo‘lgan kamchilik: sport bellashuvini
doimo bir xil qaytarish qiyin. Ikkinchi holatda, sportchi yoki 
jamoaning taktikasi boshqalarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. 
Uchinchi holatda, ya’ni ratsional variantning istiqbolli yo‘llarini 
izlashda uning asosida yotgan taktikani modellashtirish, 
kompyuterda imitatsion modellashtirish singari murakkab 
jarayonlar qiyinchiliklari xalaqit beradi.
Ratsional taqsimlanishni topish uchun quyidagicha ish 
bajariladi. Bir nechta sportchilar ma’lum bir masofani navbat 
bilan yugurib o ‘tishadi yoki veloergometrda ma’lum ish hajmini 
qat’iy o‘matiIgan vaqt ichida, lekin turli taqsimlanish bilan 
bajaradi.
Bunda organizmda gaz almashinuvi ko‘rsatkichlari qayd 
qilinadi va kislorod ehtiyoji yoki mashqning kaloriyali qiymati 
aniqlanadi. Olingan natijalaming tahlili bo‘yicha qaysi sportchi 
kam energiya bilan yuqori darajaga erishganligi aniqlanib, o‘sha 
variant samarali deb belgilanadi.
Taktikaning samaraliligi m a’ lum sportchining taktik mahoratini 
tavsiflab beradi.
161


Taktika qanchalik individual va optimal variantga yaqin 
b o isa, shunchalik samarali bo‘ladi. Har qanday samarali usul 
muvaffaqiyatli bajarilishi kerak.
Bu variantlaming kamchiligi: sportda bellashuvni boshqarib 
bo‘lmaydi va taktikaning qaysi paytda to‘xtatishni aniqlab 
boim aydi. Bu kamchiliklar natijasida harakatlami batafsil tahlil 
va nazorat qilish mumkin.

Download 4,09 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish