ham) 0,55 dan 0,80 gacha oraliqda tebranadi.
Agar aniq bir
o‘yinchining faqatgina bitta o'yindagi ma’lumotlari tahlil qilinsa,
u holda tasodifiy vaziyat va hodisalar sababli uning texnikasi
samaradorligi yuqori (masalan 0,77), boshqa o‘yinlarda esa ancha
past bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘yinlar va yakkakurash
sport
turlarida o‘yinlar yoki bellashuvlar seriyasida olingan natijalar
qiyoslanishi, ya’ni o‘rtacha arifmetik va standart og‘ishlar
solishtirilishi kerak.
Shuningdek, o‘yin va sport turlarida turli kvalifikatsion
darajadagi
musobaqalarda, tarli ligalar va shu kabilarda ishtirok
etadigan sportchilamingtexnikasini o‘zaro bir-biri bilansolishtirish
mumkin emas.
Masalan, oliy va birinchiligada o‘ynaydigan
futbolchilaming texnik samaradorligi koeffitsiyentlari bir xil
bo‘lishi mumkin, lekin bundan ularning o ‘yin
usullarini birday
yaxshi bajarishlari kelib chiqmaydi. Qachon-ki ikkinchi liga
jamoalari o'zaro o‘ynayotganida o ‘yin harakatlari samaradorligi
yetarlicha katta bo‘ladi.
Agarda
xuddi shunday jamoa oliy
liga jamoasi bilan bellashsa, u holda uning o ‘yin texnikasi
samaradorligi ko‘rsatkichlari keskin pasayib ketadi.
Texnikaning harakatlanish potensialini
amalga oshirishga
asoslangan
samaradorligini
baholash
usullari
musobaqa
mashqlarida ko‘rsatgan natijalarini ushbu sportchi a’lo darajadagi
(eng samarali) harakat texnikasini egallagan holda ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan natija bilan solishtirishdan tashkil topgan.
Muammoni hal qilishda umumiy yondashish quyidagicha.
MaTum-ki, harakatlanish imkoniyatlari (ular mazkur holda