|
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
|
bet | 14/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Manbashunoslik va tarixshunoslik fani umumkasbiy fan hisoblanib, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan O’zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o’zbek yozuvi, xronologiya va metrologiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida O’zbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, davlatchiligi haqqoniy tarixini tarixiy manbalar, asarlar, tadqiqotlar asosida o’rganish vazifasi belgilangan. Ularni tadqiq qilish, o’rganish orqali ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritishimiz mumkin.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning manbashunoslik va tarixshunoslik fanlarini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullari foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, eletron materiallar, virtual stendlar,jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi. SHuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning «bumerang», «aqliy hujum» singari uslublari orqali darslar olib boriladi.
Talabalar bilimiga qo`yiladigan talablar
“Manbashunoslik” fani bo`yicha talaba 5- semestr mobaynida
36 soatlik auditoriya ta’limini olishadi.Talaba 5- semestrda 36 soat, haftasiga 2 soatdan, 18 soat ma’ruza, 18 soat amaliy seminar o`tkazadilar, semestr davomida 5 marta joriy nazorat (JN) topshiradi. Semestr yakunida (YAN) bo`ladi.
|
| |