Regional
simsiz
tarmoqlar.
Ethernet texnologiyasi
. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib,
10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish
imkoniyatiga egadir. Ethernetning yutug‘i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir.
Ammo
ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir.
Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100
metrdan
oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki
optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun bu juda
qiyin
hamda
qimmatga
tushishi
mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish
. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n
standartida) ishlab, bino ichida 45
metr uzoqlikda, 100 metr
ochiq joyda bemalol katta
tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta
hududda sifatli tezlikni
ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi.
Bu esa
texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi.
Muammolardan yana biri shuki,
abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot
almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.
http://hozir.org