|
Tarmoq texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 220/243 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #258127 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob6.2.1-rasm. MAC tizimlari
Masalan, nazorat yig‘indini topuvchi SRC xesh funksiyasi chiziqli
akslantirish bo‘ladi va shuning uchun ham bu uchta shartdan birontasini
ham qanoatlantirmaydi.
Ma’lumotlarni uzatishda yoki saqlashda ularning to‘laligini
nazoratlashda har bir ma’lumotning xesh qiymati (bu xesh qiymat
ma’lumotni autentifikatsiya qilish kodi yoki “imitoqo‘yish”-ma’lumot
bloklari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kiritilgan belgi deyiladi)
312
hisoblaniladi va bu qiymat ma’lumot bilan birga saqlaniladi yoki
uzatiladi. Ma’lumotni qabul qilgan foydalanuvchi ma’lumotning xesh
qiymatini hisoblaydi va uning xesh qiymati bilan solishtiradi. Agar
taqqoslashda bu qiymatlar mos kelmasa, ma’lumot butunligi
buzilganligini anglatadi. “Imitoqo‘yish”lar hosil qilish uchun
foydalaniladigan xesh funksiyalar nazorat yig‘indisidan farqli ravishda
ma’lumotni saqlash va uzatishda ro‘y beradigan tasodifiy xatolarni
aniqlabgina qolmasdan, raqib tomonidan qilingan aktiv hujumlar
to‘g‘risida ham ogohlantiradi. Buzg‘unchi xesh qiymatni osonlik bilan
o‘zi hisoblab topa olmasligi va muvaffaqiyatli imitatsiya qilishi yoki
ma’lumotni o‘zgartira olmasligi uchun xesh funksiya 70 buzg‘unchiga
ma’lum bo‘lmagan maxfiy kalitga ega bo‘lishi kerak. Bu maxfiy kalit
faqatgina ma’lumotni uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlarga ma’lum
bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatga ega xesh funksiyalarga kalitli xesh
funksiyalar deyiladi. Kalitli xesh funksiyalar yordamida hosil
qilinadigan “imitoqo‘yish”lar imitatsiya (impersonation) turidagi
hujumlarda qalbaki ma’lumotlarni hosil qilishga (fabrication) va
“o‘zgartirish”
(substitution)
turidagi
hujumlarda
uzatiladigan
ma’lumotni modifikatsiya (modification) qilishga yo‘l qo‘ymaslikda
foydalaniladi.
Ma’lumot manbaining autentifikatsiyalash masalasi axborot-
kommunikatsiya tizimlarining bir-biriga ishonmaydigan ikki tomoni
orasida ma’lumot almashinuvida yuzaga keladi. Bu masalani hal
qilishda ikkala tomon ham biladigan maxfiy kalitdan foydalanib
bo‘lmaydi. Bu holatda ma’lumotning manbaini autentifikatsiya qilishga
imkon beradigan elektron raqamli imzo tuzilmasi qo‘llaniladi. Bunda
odatda foydalanuvchining maxfiy kalitiga asoslangan imzo qo‘yishdan
oldin xatolik kodini aniqlovchi xesh funksiya yordamida ma’lumot
siqiladi. Bu holda xesh funksiya maxfiy kalitga ega bo‘lmaydi hamda u
fiksirlangan bo‘lishi va hammaga ma’lum bo‘lishi mumkin. Unga
qo‘yilgan asosiy talab imzolangan hujjatni o‘zgartirish hamda bir xil
xesh qiymatga ega bo‘lgan ikkita har xil ma’lumotni tanlash imkoniyati
yo‘qligining kafolatidir. Agar bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ikkita
har xil ma’lumot mavjud bo‘lsa, bu ma’lumotlar jufti kolliziya hosil
qiladi deyiladi.
Xesh funksiyalarda kolliziya – ikkita har xil ma’lumotdan bir xil
xesh qiymat hosil bo’lib qolishi. Kolliziyaning oldini olish yo’llaridan
biri bu xesh jadval hisoblanadi. Xeshlash algoritmlarining bardoshliligi
xa xavfsizliligi kolliziyaga chidamliligi bilan aniqlanadi.
|
| |