• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Dars metodi
  • Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mavzu: Ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti




    Download 0,6 Mb.
    bet45/88
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #257828
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
    Bog'liq
    Tartib raqam Sinf

    Mavzu: Ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti
    vа ulаrning mаzmuni.
    Darsning maqsadi:
    Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti vа ulаrning mаzmuni haqida ma’lumotlar berish.
    Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti vа ulаrning mаzmuni haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
    Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
    Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
    Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro‘yxati va ularning mazmuni ishlab chiqarish korxonalarida tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqaradigan texnologik
    jarayonni loyihalash quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
    I-bosqich. Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va texnik topshiriqlarni ishlab
    chiqish, ya’ni:
    1. Model tanlash va asoslash.
    2. Tanlangan buyum modellariga gazlama tanlash.
    3. Tanlangan modeldagi buyumni tikish uchun asbob-uskuna tanlash va ular asosida tikish usulini belgilash.
    4. Tikish usuli asosida tanlangan modeldagi buyumni tikish texnologik tartibini tuzish.
    5. Tanlangan modeldagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish tikish texnologik xaritasi shaklini tanlash.
    II-bosqich. Tikuvchilik tsexini loyihalash yuzasidan texnologik hisoblash ishlarini bajarish:
    1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnishayotgan texnik jihozlarning texnologik sxemasini tuzish, ya’ni tikuv mashinalari, namlik-issiqlik ishlov berish asbob-moslamalarining o‘rnini to‘g‘ri ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirish.
    2. Texnologik sxemani taxlil qilish.
    3. Tikuvchilik tsexining texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash.
    4. Tikuvchilik tsexida ishchi o‘rinlarini joylashtirish va uni rejasini tuzish.
    Bu ikkita bosqichni amalga oshirish korxonaning tajriba, tayyorlov, bichish va tikish uchastkalarida amalga oshiriladi. Kiyimlarni ishlab chiqarish uchun tayyorlov ishlari taj riba uchastkasidan boshlanadi. Bu ishlar quyidagilardan iborat:
    1. Loyihalash, modellashtirish, har bir model uchun hujjatlarni tayyorlash;
    2. Andozalar tayyorlash;
    3. Barcha materiallarning sarflash meyorini aniqlash;
    4. Trafaretlar tayyorlash;
    5. Yangi modellar namunalarini tayyorlash, tikuvchilarga o‘rgatish;
    6. Yangi ishlov berish usullarini ishlab chiqish;
    7. Yangi jixozlarni sinash, tekshirish va qo‘llash.
    Tajriba uchastkasi uchun Frantsiyaning «Lektra», Ispaniyaning «Investronika» firmasining «Invesmark» va AQShning «Gerber» firmasining AM-50 avtomatik loyihalash tizimlari (SAPR) bor. Bu tizimlar yordamida kiyimning yangi modeli, andozalari yaratiladi, andozalar texnikaviy usulda ko‘paytiriladi, andozalar joylashmasi tayyorlanadi. Tayyorlov uchastkasida gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini sinab ko‘riladi va gazlamaning sifati tekshirib chiqiladi hamda gazlamalarni bichishga tayyorlanadi. Tayyorlov uchastkasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
    1. Gazlamalarni qabul qilish, o‘rovini ochish, vaqtincha saqlash;
    2. Gazlamalar sifatini tekshirish, uzunligi va enini o‘lchash, sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash;
    3. Gazlama to‘plarini hisoblash, to‘shama uchun gazlamalarni saralash, bo‘rlama tayyorlash;
    4. Tayyorlangan to‘plarni bichish uchastkasiga yuborish.
    Tayyorlov uchastkasida gazlamalar quyosh nuridan, past haroratdan, namlikdan, kemiruvchilardan himoya qilinishi kerak. Gazlamalar sifati boshqa shahardan keltirilgan bo‘lsa, 20 kun muddatdan kechiktirmasdan, shu shahardan keltirilgan bo‘lsa 10 kun muddatdan kechiktirmasdan tekshirilishi lozim. Gazlama nuqsonini topish “BPM-2”, “BPM-3”, “Edelman” mashinalari yoki 3 metrli o‘lchov stollari ishlatiladi. O‘lchash natijalari har qaysi to‘pning pasportiga yoziladi. Yaponiyaning “Kominami” firmasining VK-50L mashinasi gazlamalarning uzunligi va enini o‘lchaydi, sifatini tekshiradi va avtomatik tarzda to‘pning pasportini yozib chiqaradi. Bu operatsiyalarni bajaruvchi Frantsiyada chiqarilgan «Alpis» mashinasi ham mavjud. Sifati tekshirilayotgan gazlamalarda nuqson topilsa, gazlamaning yuz tomoniga bo‘r bilan belgilanadi va milkiga rangli iplar yoki yopishqoq lenta bilan «signal» biriktirib qoyiladi. So‘ngra tekshirilgan gazlamalar hisobchilarga yuboriladi. Hisobchilar esa gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun to‘plarni hisoblaydilar. Tayyorlov uchastkasida tanlab olingan avralik, astarlik, qotirmalik, bezak materiallar va bo‘rlamalar birgalikda bichish uchastkasiga yuboriladi.


    1. Download 0,6 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ishlаb chiqаrishni tаyyorlаshgаоid tехnоlоgik hujjаtlаr ro‘yхаti

    Download 0,6 Mb.