• XI-Yangi mavzu bayoni: D unyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari. Ulaming hammasi birgalikda Dunyo okeani
  • Atlantika okeani
  • Shimoliy Muz okeani
  • Dengizlar, qo‘ltiqlar, bo4g‘izlar.
  • Tasdiqla yman




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/87
    Sana19.02.2024
    Hajmi3,7 Mb.
    #158581
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
    Bog'liq
    Geografiya fani to\'garak

    IX-Darsning rejasi:
    a)o'tilgan mavzuni takrorlash 
    b) yangi mavzu bayoni 
    c)mustaxkamlash. 
    d) O'quvchilarni 
    baxolash
    X-O'tilganlarni takrorlash:
    1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qayer- 
    dan kelib qolgan?
    2. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?
    3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to‘g‘ri keladi?
    4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?
    XI-Yangi mavzu bayoni:
    D unyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz 
    okeanlari. Ulaming hammasi birgalikda Dunyo okeani deb ataladi.
    Tinch okean eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun 
    quruqlik m aydonidan katta — 178,7 mln km2. Eng chuqur joyi 
    Mariana botig‘i — 11022 m.
    Atlantika okeani kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda. Maydoni 
    91,7 mln km2. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig‘i — 8742 m.
    Hind okeani maydoniga ko‘ra uchinchi o ‘rinda turadi. lining 
    maydoni 76,2 mln km2. Eng chuqur joyi Zond botig‘i — 7729 m.
    Shimoliy Muz okeani eng kichik okean — maydoni 14,1 mln 
    km2. Eng chuqur joyi — 5527 m. Bu okean Shimoliy qutb atrofida 
    joylashgani tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko‘p qismi doimiy 
    muzlik bilan qoplanib yotadi.


    Dengizlar, qo‘ltiqlar, bo4g‘izlar. Dengizlar okeanlam ing kichik 
    qismlari bo‘lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv osti qirlari bi­
    lan ajralib turadi. Q uruqliklam ing chekkasiga tutashgan dengizlar 
    chekka dengizlar deyiladi. Masalan, Hind okeanidagi Arabiston den-
    gizi, Tinch okeandagi Bering dengizi. Lekin ayrim dengizlar quruq- 
    likning ichiga chuqur kirib borib, okeanlar bilan bo‘g‘izlar — to r 
    suv yo‘llari orqali tutashgan. Bunday dengizlar ichki dengizlar deb 
    ataladi. 0 ‘rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz ichki dengizlardir 
    (Ularni xaritadan toping).
    Okean, dengiz va ko‘llarda qoMtiqlar ham bo‘ladi. Q o 'ltiq deb 
    okean, dengiz va k o ‘llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan 
    kichik va sayoz qismlariga aytiladi. Hind okeanining Bengaliya va 
    Fors qo‘ltiqlari, A tlantika okeanining Biskay q o ‘ltig‘i bor.

    Download 3,7 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish