• Tropik chiziqlar.
  • Tasdiqla yman




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/87
    Sana19.02.2024
    Hajmi3,7 Mb.
    #158581
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
    Bog'liq
    Geografiya fani to\'garak

    XI-Yangi mavzu bayoni:
    Y er Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to cliq ayla- 
    nib chiqadi. Hisobga to cg‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul 
    qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni 
    bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to ‘rtinchi 
    yil 366 kun boMadi. Bu yil kablsa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 
    28 kun ernas, 29 kun hisoblanadi.
    Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 24- 
    rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayot- 
    gan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy ya- 
    rimshar Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh 
    turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi. Shi­
    moliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 21 
    mart va 23 sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda


    yoritadi. Bu kunlam i bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22 
    dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. 
    Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu 
    vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarim sharda esa qish 
    bo‘ladi. 22 dekabrni Quyoshning qtshkl turish kuni deyiladi.
    Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo‘ladigan joylaming che- 
    garasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir
    sutka qutb tuni bo‘ladi. Qutblarda esa qishda 178 sutka tun, yozda 
    186 sutka kunduzi boiadi.
    Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimo­
    liy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o ‘tkazilgan. 
    Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy 
    tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.
    Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush 
    vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning 
    ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik 
    chiziqlari oralig‘ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga kela­
    di. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda 
    esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi.

    Download 3,7 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish