boMadi. Geografik xaritalarda esa geografik obyektlar tasvirlanganda
ularning maydonlari, shakllari va burchaklarini tasvirlashda xatoga yo‘l
qo‘yiladi. Xaritaning turli qismiaridagi masshtab, maydon, shakl va bur-
chaklarda, albatta xatolik bo‘ladi. Shuning uchun globus va xaritalardagi
geografik obyektlarning qiyofalari bir-biridan farq qiladi.
Qavariq Yer yuzasini tekis yuzada tasvirlash uchun xarita andazalaridan
foydalaniladi.
Xarita andazalari sayyoramizning qavariq yuzasini tekis yuzada
tasvirlashning matematik usullaridir.
Yerning qavariq yuzasi tekis yuzaga
tushirilayotganda tasvirda uzilishlar ro‘y beradi. Uzilishlarni to‘ldirish uchun
odatda xaritadagi tasvirlami cho'zishga tolg‘ri keladi. Buning oqibatida burchak-
lar, chiziqlar uzunligi, maydonlar, obyektlarning shaklida xatoliklarga yoM
qo‘yiladi. Yerning qavariq yuzasini tekis sathga — xaritaga tushirish chog‘ida
ana shunday xatoliklardan birontasini kamaytirishga yoki yo'qotishga harakat
qilinadi. Shu maqsadda turli xil xarita andazalaridan foydalaniladi. Xarita
andazalari, asosan, uch xil bokladi:
1.
Teng burchakli andazalar. Bunday andazalarda tuzilgan xaritalardagi
burchaklar globusdagi, ya’ni joydagi burchaklarga teng b o ia d i. Teng
burchakli andazalar asosida tuzilgan xaritalarda yo'nalishlarni aniqlash qulay,
biroq maydonlar va masofalarni tasvirlashda xatolarga уоЧ qo‘yiladi.
2.
Teng maydonli yoki teng hajmli andazalardan foydalanilganda
materiklar, davlatlar, dengizlar, orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz
tasvirlanadi. Lekin burchaklar, shakllarni tasvirlashda ancha xatoliklarga yo‘l
qo‘yiladi. Teng maydonli xaritalardan geografik obyektlar maydonlari
oMchanadi.
3.
Ixtiyoriy andazalar asosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham,
maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi, lekin xatolik kamroq bo‘ladi.
Ixtiyoriy andazalar orasida teng masofali andazalar boshqalaridan ko‘ra
ko‘proq ishlatiladi. Bunday xaritalarda uzunlik masshtabi bir meridian yoki bir
paralleldagina saqlanadi.