Tug‘ilish o‘limdan birmuncha ko‘proq, 1 km2 ga 237 kishi to‘g‘ri keladi. Germaniya aholisining soni inuhojirlar (Turkiya, sobiq Yugoslaviya respublikalari, Italiya, Gretsiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelayotgan) hisobiga oshib bormoqda. Davlatning qayta birlashishi arafasida G‘arbiy yerlarda 5 mln. ga yaqin, Sharqda esa 0,2 mln. chet elliklar bor edi. Hozirgi paytga kelib ular soni 6 mln. dan oshdi. Davlat tili — nemis tili. Aholining eng ko‘p qismi nemislar, qolganlari — dunyoning turli davlatlaridan kelgan muhojirlardan iborat. Ustuvor din — xristian dini. Mamlakatda 40 mln. — proiestantlar, 35 mln. katoliklar mavjud. Janub va G‘arbda katoliklar ko'p uchraydi, qolgan hududlarda protestantlar ustunlikka ega. Shaharlarda mamlakat aholisining salkam 90% i yashaydi. Ko‘pgina shahariar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi. biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan shahariar ko"p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Xll-Mustahkamlash: 1. Germaniya Federativ Respublikasining geografik o ‘rni hamda tabiiy resurslar
bilan ta'minlanganligini baholab bering.
2. Germaniya mehnat resurslartning sifat ko'rsatkichlari yuqori darajaga ega ekanligi
qanday omillar bilan bogiangan?
3. Germaniya — Yevropada eng rivojlangan davlat, iqtisodiy rivojlanganligi darajasi
bo'yicha jahonning uchinchi mamlakat! ekanligi to‘g‘risida nimalami bilasiz?
III-Darsning mavzusi: Osiya m am lakatlari aholisi.
Ta'limiy maqsad - Osiya mamlakatlari aholisi haqida
ilmiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni o'z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-
birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani
bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.