• «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»
  • “Tasdiqlayman” 1-son kasb hunar maktabi mmibdo’




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana14.09.2022
    Hajmi1.11 Mb.
    #25901
    1   2   3
    Bog'liq
    Mustqaillik darsi 2022
    Hadis ilmining paydo bo\'lishi, Kasblarning psixologik tasnifi va uning mohiyati, Demultiplixer, xPON, xDSL, 32-44 (1), The Little Prince by Antoine de Saint-Exupéry, 3D MODELLASHTIRISH, 1-labaratoriya, qmb mustaqil ish rasm, Reja Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati D, Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Karate sport turining kelib chiqish, 18-mavzu, 2.04.-Одам генетикаси maj.
    Rivojlantiruvchi:
    Kelajakda xalqim, yurtim deb yashashga uning tarqqiyotiga o’z 
    hissalarini qo’shishiga undash. 
    Darsning borishi: 
    O’quvchilarning ko’ksida O’zbekiston Respublikasi bayrog’I rasmi qadalgan 
    xolda, 
    dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi. 
     
     


     
    I. 
    O’qituvchi tomonidan dars vatan madhi aks etgan sherlar bilan 
    boshlanadi 
    II. 
    Aqliy hujum: O’quvchilar, siz Vatan deganda nimani tushunasiz? 


    «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» 
    O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan «tashkiliy-amaliy, 
    ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari» shu shior ostida 
    o‘tkaziladi. Tadbirlar dasturi prezident tomonidan tasdiqlandi. 
    Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz 
    bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi 
    qarorni imzoladi. Xuddi shunday hujjat har yili Mustaqillik kuni arafasida qabul qilinadi. 
    «So‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, 
    turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab 
    vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi O‘zbekistonni 


    barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga 
    kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng 
    asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar 
    samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlash zarur», — 
    deyiladi hujjatda. 
    «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 
    amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi 
    bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi 
    o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik 
    va barqarorlikni saqlash, davlatimizning 
    hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, 
    sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va 
    hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, 
    yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda», — deya qayd 
    etiladi qarorda. 
    Hujjat bilan «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» degan bosh g‘oyani 
    o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-
    tashviqot ishlari dasturi qabul qilindi. Davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga 
    tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga 
    Abdulla Aripov rahbarlik qiladi. 
    Komissiyaga barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik 
    bayramiga bag‘ishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy 
    kechalar, dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali 
    o‘tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at 
    arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida 
    faoliyat olib borishini yo‘lga qo‘yish topshirildi. 
    Joylarda Mustaqillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida quyidagi 
    masalalarga alohida e’tibor qaratish topshirildi: 

    so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqning 
    hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni ta’sirchan usullarda ifoda 
    etish; 

    mamlakatda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida ahillik va totuvlik muhitini 
    yanada kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga 


    oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida 
    keng jamoatchilikka yetkazish; 

    bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, inson 
    qadrini ulug‘lashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish; 

    aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-kizlar, keksa avlod 
    vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik 
    ko‘rsatishga qaratilgan dasturlarning ijobiy natijalarini ko‘rsatish; 

    bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faxriylari, keksa avlod vakillarini qo‘llab-
    quvvatlash, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda 
    ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish bilan 
    bog‘liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish. 
    O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi mazkur shior ostida o‘tkaziladi. Prezident 
    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik 
    bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 
    qarorni imzoladi. 
    Unda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam 
    etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari 
    dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan. 
    Shuningdek, qaror bilan Respublika komissiyasi (A.Aripov) tomonidan quyidagilar 
    amalga oshirilishi nazarda tutilgan: 

    Mustaqillik bayramining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va 
    Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng 
    nishonlanishining ta’minlanishi; 

    barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab 
    ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb 
    mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida 
    taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat 
    targ‘ibot guruhlarini tashkil etish hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini 
    yo‘lga qo‘yish; 

    belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, 
    vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini o‘z yig‘ilishlarida muntazam ravishda 
    eshitib borish. 



    Download 1.11 Mb.
    1   2   3




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Tasdiqlayman” 1-son kasb hunar maktabi mmibdo’

    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish