DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O'qituvchining o'quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o'quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg'ulotga tayyorganligini tekshirish.
2. O ‘qituvchinbing kirish so‘zi;
Bu bosqishda, o’qituvchi o'tiladigan yangi mavzu nomi, dars o'tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
MAVZU: GAP MATN SIFATIDA. FIKR IFODASIGA GAPNING MANTIQIY VA GRAMMATIK TALABLARIGA RIOYA QILISH
REJA:
1. Matn atamasining ma'nosi.
2. Malnning eng kichik birligi gapdir.
3. Matnning hajmi.
4. Matndagi gaplarning bog'lanishi.
5. Gaplardagi so'zlarning bog'lanishi.
Oqituvchi o'quvchilar diqqatini yangi mavzugajalb etishi vaiilarni o'zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3.O 'quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o'qituvchi mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o'tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o'zlashtirgan bilimlarini quyidagi so'rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
1. Bo'yoqdor va be’taraf so'zlar qanday so'zlar?
2. Ularga alohida -alohida misollar keltiring?
3. Ijobiy va salbiy bo'yoqdor so'zlar xaqida ayting?
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu busqichda o’qituvchi o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
Matn sintaktik tekshiruv joyi.
U sintaktik hodisa sifalida maxsus leksik grammatik vositalar va umumiy mazmun talabi bilan birikkan birdan ortiq mustaqil gap turining yig'indisidan iborat. Matn o'ziga xos murakkab tuzilishga ega bo'lgan nutqning eng yirik ifodasidir.
Matn nutq birligi sifatida kichik birliklarning yirik birliklarga ergashib tobelashish asosida yuzaga chiqadi.
Matn leksik grammatik va stilistik yig'indisidan iborat.
“Matn” (termini) atamasi ostida bir ma'noda, bir necha gaplardan tashkil topgan, tugallangan fikr anglatuvchi nutq ko'rinishi tushunilsa, ikkinchi bir ma'noda bir butun poetik (she'riy) yoki prozik (sochma) asar, gazo’a yoki jurnal maqolasi, ilmiy ma'ruza referat yoki boshqa yozma nutq ko'rinishi, va'zan bir butun asarning bo'limlari qismlari va ularni tashkil qiluvchi abzaslar tushuniladi.
Matn bo'lishi uchun gaplar mazmuniy va tuzilishi jixatidan bog'langan bo'lishi shart. Uning tarkibidagi gaplar mustaqil xolda xam umumiy bir mazmunni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu mavzuni matn birliklari yordamida xar tomonlama yoritiladi.
Inson alohida olingan so'zlar bilan emas, gaplar va matnlar yordamida gapiradi, boshqalar bilan fikr almashadi. Matn til birliklari yig'indisining xarakatdagi ko'rinishidir, eng kichik birligidir. Xar qanday matnning umumiy bir xususiyati ketma-ketlikdir. Ketma-ketlik ostida umumiy fikrni yuzaga chiqaruvchi ifoda vositalari (gap turlari) ning zanjiri nutq formasida joylashuvi tushuniladi.
Matn xajmi jixatidan eng kichik (ariza, malumotnoma, e'lon) yoki eng katta (roman, povest) bo'ladi.
Matn grammatik jihatdan mustaqil shakllangan gaplardan tuziladi. Gaplar sodda va qo'shma gaplarga bo'linadi. Ma'lumki qo'shma gaplar savab, natija, shart, payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosavatlar ifodalanadi. Bu munosavatlar qo'shma gapning mavjud uch turi bog'lovchisiz, bog'langan ergash gapli qo'shma gaplarda bo'laklarni o'zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari (intonatsiya, talaffuz, bog'lovchilar bog'lovchi vazifasidagi so'zlar gap bo'laklari tartibi, olmoshlar kabilar) orqali aniqlanadi. Matnlarda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar abzaslar, qismlar, bo'limlar, boblar o'rtasida yuzaga chiqib matnning mazmunini ta'minlaydi. Gaplar orasida mustaxkam mazmuniy aloqa o'rnatiladi. Istalgan so'zlarni biriktirib, so’z birikmasi xosil qilib bo'lmaydi. Masalan: quyidagi gapni olaylik; Erta vahor dexqonlar ishga kirishadilar, olmalar pishib yerga to'kila boshlaydi. Bugungi yoshlar serg'ayrat va jo'shqinligi bilan ajralib turadilar. Yuqoridagi uchala gapni bir matnga kiritib bo'lmaydi. Chunki ular mazmunan turlicha gaplardir. Ular orasida xech qanday bog'liqlik yo'q.
Bu yil qish qishligini qildi. Qishning birinchi kunidan boshlab ko'p qor yog'di. Sovuq qattiq bo'lib, hovuz va ariqlar muzladi. Chunki ular qor yog'ishi bilan turli o'yinlar bilan mashg'ul bo'ladilar.
Yuqoridagi gaplar esa ham mazmunan matn grammatik jixatdan chamvarchas bog'langan holda, bir butun matnni tashkil etadi. 1-2-3 gaplar orasida esa natija munosavati yuzaga chiqqan. 4-5 gap orasida ham izohlash munosavati yuzaga chiqqan.
Gaplar orasidagi so'zlar qanday bog'lanadi? So'zlar avvalo leksik va grammatik jihatdan bog'lanadi. Bunday so'zlardan, so’z birikmalaridan gaplar tuziladi. Bizga ma'lumki so’z birikmalari uch xil yo'1 bilan birikadi: boshqaruv, bitishuv, moslashuv. Bitishuv yo'li bilan so'zlar ma'no jixatidan biriksa, boshqaruv va moslashuv yo'li bilan grammatik jixatdan bog'lanadi.
Leksik bog'lanish ma'no jixatdan bog'lanishdir.
Grammatik bog'lanish esa qo’shimchalar yordamida bog'lanishdir.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bu bosqichda o'qtuvchi o’quvchilarning bilitn doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi savollardan foydalanishi mumkun;
Yakka savollar:
1. Fikr ifodasini gapda qanday mantiiqiy vagrammatik talablar qo’yiladi?
2. So'zlarni bog'lanishidatil vositalarining hissasi qanday? Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
3. Gapdatartib va ohangni o'zgarishi imkoniyatlari qanday?
Dars yakuni:
o’qituvchi o'tgan yangi mavzu b'oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini vaholaydi va darsni yakunlaydi.
6. Uyga vazifa:
“Ona tili va adabiyot” darsligi A. Rafiyev, N. G’ulomova. Tinish belgilari haqidagi qoidalarni yod olish.
O’qituvchi uchun adabiyotlar:
1. “Ona tili va adabiyot” darsligi A. Rafiyev, N. G’ulomova.
2. G’.Abdurahmonov, H.Rustamov. “Ona tili” darsligi 10-11-sinflar uchun.
3. “Lingvistik terminlarni izohli lug'ati” A.Xojiyev. “O'quvchi” 1985 yil.
4. A.S.Erkinov “Matnshunoslikka kirish” Toshkent 1987 yil.
5. A. Mamajonova “Tekst lingvistikasi” Toshkent 1989 yil.
1. MAVZU: DIALOGIK MATN TUZILISHI, IKKI AZOLI SAVOL — JAVOB, BUYRUQ, ZIDDIYATLI MUNOZARALI, VA KO’P
A’ZOLI DIALOGIK MANT.
2.Dars turi: ‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗
3.Dars vaqti:____ daqiqa.
4.Dars tipi: Yangi mavzuni o zlashtirish.
5. Darsda qo'llaniladigan usullar:
- aqliy hujum, ananaviy o'qitish usullari.
6. Darsda qo'Haniladigan nazorat turlari:
-
fronlal savollar,
-
test savollari,
-
muammoli savollar.
7. Dars maqsadlari:
-
Ta'limiy maqsadi:
Nazariy bilimlarni egallash, dialogie matnni asosiy xususiyatlarini bilish, ularni turlarini ajtara olish, gramatikani lakrorlab mustahkamlash, mustaqil tarzda fikr bera olish.
B) Tarbiyaviy maqsad:
-
milliy g'oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish
-
mutaxassislikka qiziqishni, ma’sulyal hissiyotlarini shakillantirish.
-
o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg'ularini shakillantirish.
E) Rivojlanliruvchi maqsad:
-
o'quvchilami fikrlash qobilyatini o'stirish
-
mavzuni o'rganish borasida o'quvchilatni jodiy
-
yondoshishga yo'llash.
-
o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish
8. Darsni o'tkazish joyi: __________________
9.Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog'lash, hayot bilan bog'lash.
-
Adabiyot “She’rning tuzilishi”
-
Til tarixi “O'zbek tilining shakllanishi”.
X. Kerakli bilimlar doirasi:
Gap matnini davomiyligi, fikr ifodasida gapning mantiqiyligi.
XI. Darsni jihozlash:
-
slayd, kodoskop
-
ko'rgazmali qurollar
-
tarqatma test va savollar
-
adabiyotlar.
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
|
|
|
1
|
Tashqiliy qism
|
daqiqa
|
2
|
o’qituvchining kirish so’zi
|
daqiqa
|
3
|
o’quvchilarning bilimini tekshirish
|
_ daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
|
Jami
|
daqiqa
|
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
№
|
Dars
Bosqich-lari
|
Ta’lim beruvchining
Faoliyati
|
Ta’lim oluvchining
faoliyati
|
Texnologiya
|
Metod
|
Shakl
|
Vosita
|
1
|
Tayyor-lov
__ daqiqa
|
Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish
|
O’quvchilar darsga
kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga
borib o’tiradi.
|
Noan’anaviy
|
Guruh-larni
shakl-lantirish
|
Taqsimlash
qog’ozchalari
|
2
|
Mavzuga
kirish
__ daqiqa
|
Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.
Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.
|
Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.
O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.
|
Mavzu
_____________________________________________________________________________
|
Guruh-lar
|
Ko’rgazma
doska,
bo’r
|
3
|
O’quvchi-larning oldingi bilimlarini
tekshirish
_____ daqiqa
|
O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi
(savollar ilova qilinadi)
|
O’quvchilar javoblarni belgilashadi.
Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.
|
An’anaviy
nazorat usuli
|
Guruh
|
Savollar
Doska va bo’r,
o’quv
daftarlari
|
4
|
Yangi mavzu-ning
bayoni
_____ daqiqa
|
Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
|
Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.
|
Ma’ruza yangi mavzu bayon
qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.
Hayotdan misollar keltiriladi.
|
Guruh-lar
|
Slayd, mavzu
bo’yicha yozilgan
materiallar
doska va
bo’r
|
5
|
Taqdimot
______ daqiqa
|
Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.
|
Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.
|
Muhokama va mustaqil ishlash
|
Guruh-chalar
|
Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.
|
6
|
Baholash
____ daqiqa
|
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.
|
Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi
|
Munozara
|
Guruh-chalar
|
Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar
|
7
|
Umum-lashtirish
_____ daqiqa
|
Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.
|
Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.
|
Sunbat-mulohaza
|
Guruh-chalar
|
Baholash mezonlari varaqasi.
|
8
|
Darsga yakun yasash
____ daqiqa
|
Darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti
________________________________________________________________________________________
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.
|
Ma’ruza
|
Umumiy
|
Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r
|
DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o'quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg'ulotga tayyorganligini tekshirish.
2. O 'qituvchinbing kirisk so 'zi:
Bu bosqishda, o’qituvchi o'tiladigan yangi mavzu nomi, dars o'tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.
MAVZU: DIALOGIK MATN TUZILISHI, IKKI A’ZOLI SAVOL -JAVOB, BUYRUQ, ZIDDIYATLI MUNOZARALI VA KO’P A’ZOLI DIALOGIK MANT.
REJA:
1. Diologik matin tuzilishi.
2. Ikki a’zoli savol javob, buyruq dialogic matni.
3. Ziddiyatli munozarali va ko’p a’zoli diologik matn.
Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o'zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o’qituvchi mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o'tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o'zlashtirgan bilimlarini quyidagi so'rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
1. Fikrlash ifodasini gapga qanday mantiqiy va Grammatik talablar qo'yiladi?
2. So'zlarning bog'lanishiga til vositalarining hissasi qanday?
3. Gapda tartib va ohangni o'zgarishi imkoniyatlari qanday?
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu busqichda o'qiluvchi o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo'yidiamavzuni tushuntiradi.
Tayanch so'z va iboralar: Nutqiy faoliyat, nutq shakli, og'zaki va yozma shakl, dialogik vaziyat, nutq motivi, dialogik nutq, monologik nutq, polilog, savol-javob, tasdiq, gap qurilishi, munosavat ifodasi, so'z-gap, kirish so'z, muomala tirlari, suhvat bosqichlari, istak, bildirish, minnatdorchilik, nutq uslublari.
Nutqiy faoliyat inson faoliyatining asosiy qismi bo’lib, nutqiy jarayonda uning bir necha turlaridan foydalanamiz. Odamning nutqiy faoliyati nutqning kimlarga, qay tarzda vayon etilishiga ko'ra turlarga bo'linadi. Bular quyidagilardir:
1. Monoligik nutq. (Bir kishilik nitq).
2. Dialogiknutq. (Ikki kjshlik nutq).
3. Polilogik nutq. (Ko'pchilik nutqi).
Bulardan biz bugun o'rganadigan dialogik nutq bo'lib, u ikki kishining'o'zara suhvatidan tashkil topadi. Demak, ikki kishining o'zaro sunvati dialog deyiladi.
Dialog inson hayotida eng ko'p qo'llanadigan nutqiy faoliyat turi hisoblanadi. Kundalik hayotimizda nutqiy taoliyatning bu turidan turli vaziyatlarda foydalanamiz. Vadiiy adabiyotda ham dialoglardan ko'p foydalaniladi.
Masalan. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhod va Xisrav, Farhod va Shirin o'rtasidagi muloqot, “Mehrobdan chayon” asarining bosh qahramonlari Anvar bilan Ra'noning suhvati dialogning vadiiy adabiyotdagi eng go'zal namunalaridan hisoblanadi.
Taniqli olim Yo'ldosh Solijonov o'zining “Nutq va uslub” asarida o'zbek adabiyotida ko'p qo'llanayotgan dialoglarni quyidagi shakllarga boladi:
1. Tavsifiy dialoglar.
2. Dramatik dialoglar.
3. Lirik dialoglar.
Shuning bilan birga dialog tiplarining faoligiga ko'ra ham quyidagi uch turga bo'lish mumkin:
1. Jonli dialoglar.
2. Xayoliy dialoglar.
3. Ichki dialoglar.
Jonli dialog turi asar qahramonlaririing bir-biri bilan yuzma-yuz turib muloqot olib borish jarayonidir.
Xayoliy dialog bilan ichki dialog aslida birdek tuyiladi aslida boshqa-boshqa jarayondir. Xayoliy dialog qahramonlar o'rtasida qachonlardir bolib o’tgan jonli dialogning keyinroq aynan unda qatnashganlardan yoki eshitganlardan birining tasavvurida qaytadan tiklanishidir.
Ichki dialog esa asar qahramonining o'z - o'zi yoki biror ham suhvati (ehtimol sevgilisi yoki raqibi) bilan g'oyibona fikrlashuvi, tortishuvi asosiga quriladi.
Dialogik nutq kishining kim bilandir muloqotga kirishish ehtiyojidan kelib chiqadi. Dualogik vaziyatni hosil qilish uchun nutqiy motiv, ya'ni suhvatning asosiy mazmuni, g'oyasi yoki maqsadi bo'lishi lozim. Agar motiv bo'lmasa dialog ham hosil bo'lmaydi. Motiv dialogning shakli, ko'rinisni, mazmuni va unda foydalanish mumkin bo'lgan til birliklarini belgilab beradi. Masalan, shogird ustozidan o'zi tushunmagan amaliy ko’nikmani soramoqchi. (Ana shu so'rash ehtiyoji dialogning motivi hisoblanadi.) Bu jarayonda shogird o’zini anchayin bosiq tutadi, so'roq gapdan foydalanadi, ustozining har bir so'zini diqqat bilan eshitadi. Ustoz esa shoshmasdan gapiradi, iloji boricha sodda gaplardan foydalanadi, darak gaplarni ishlatadi, grammatik shakl va adabiy til me'yorlariga amal qiladi.
Fikrimiz isboti uchun quyidagi misolni olib ko'ramiz:
Shogird ustozining oldiga ohista yaqinlashdi. Bu paytda Mavlono Fazliy mutolaa bilan vand edi.
- Xo'sh - dedi kitobdan boshini ko'tarib.
- Aytingchi, ustoz,- dedi bola.—qanday qilib tib ilmida insonlarni yorish mumkin?
Axir o’zining jonzodlarga, jumladan insonga ozor berish gunohi azim degandingiz.
- Ha, to'g'ri, Olloh taolo yaratgan jamiki jonzodlarga, jumladan insonlarga xoh tildan, xoh amaldan bo'lsin ozor berish gunohi azim hisoblanadi. Lekin, bemorning dardini engillashtish, hayotini saqlab qolish maqsadida a'zosiga tig' tekkizib davolash joizdir.
Bu ishni dastlab shayh ur-rais Ibn Sino hazratlari boshlab berishgan. Bugun ham turli shifoxonalarda bemorlarning hayotini saqlab qolish va dardlariga shifo berish uchun ularning biror yerlarini tig' bilan yorilmoqda.
- Marg'non jangida yog'iga dushman o'qi tekkan jangchini shuning uchun yorishganmi?—so'radi shogird.
- Uni sen ham ko'rganmiding?- ustoz ajablandi.
- Ha, uning vaqirganidan cho'chib nima bo'ldiykan, deb chodirdan boshimni chiqargan edim, - tishuntirdi bola.
- Bechora o'shanda ko'p azob tortgandi, lekin tuzaldi. - Uztoz u kim?—qiziqsinib so'radi. - Mana shu o'zimizning jiyanimiz Tohirda.
- Tohir akamidi?- bolaning savqi keldi— Qoyil, men bo'lsam jarrohlikdan qo'rqib yuribman.
- Odamlarga yaxshilik qilishdan qo'rqilmaydi, bolam. Ushbu dialogda so'roq olmoshlaridan, soda gaplardan, hissiy-ekspessiv so'zlar (Tohir akamidi? Qoyil, bolam) dan foydalanilgan.
U savol-javob va mulohaza tarzida bo'lib o'tgan. Unda ustozning shogirdning iliq munosavati, ikki o'rtadagi o'zaro hurmat sezilib turadi.
Demak, dialogik nutqning shakllari suhvat jarayonida yuzaga keladi. Dialogik nutq shakillari tushunchasining o'ziga biroz izoh berish kerak. Chunki uning boshqa nutq shakllaridan farqi bor. Bu shakllar faqat dialog doirasidagina yuzaga keladi. Bu uning motivi bilan bog'liq. Demak, nutqiy motiv dialog shaklini ham belgilab beradigan mezondir.
Dialoglar suhvat mazmuniga ko'ra bir necha shakllarda bo'lishi mumkin. Bulardan quyidagilarni ko'p ishlatiladi:
1. Savol-javob shakli.
2. Istak - munosavat shakli.
3. Bildirish shakli.
4. Buyruq - tobe shakli
5. Fikr-mulohaza shakli
6. Tasdiq-inkor shakli
7. Aralash shakl
Bu shakllarni farqlash bir muncha qiyin bo'lib, ular aksar holda aralash kelishi mumkin. Lekin sof holda kam ishlatilmaydi.
Masalan, sud-tergov jarayonlarida, adashgan holatlarda alvatta savol-javob shaklidan foydalaniladi. Misol uchun, shifokor bilan bemorning muloqotini ko'rib chiqish mumkin.
Bemor vrach huzuriga keldi
- Numadan shikoyatingiz bor?
Tuni bilan uxlamay chiqdim, dam istmam chiqadi, dam bezgak tutadi.
- Oldinroq boshqa kasal bilan og'rimaganmisiz?
Biroz, shamollashim bor edi.
- Qanday muolaja choralarin ko'rgandingiz?
Antibiotiklar ichgandim.
- Oilangizda boshqa biror kishi grippga chalinganmidi?
Ha, akam og’rigandi.
- Tushunarli, Sizga va'zi dorilar yozib beraman, shular qabul qilishingiz losim bo'ladi.
Yuqoridagi dialog asosan savol-javob shaklida bo'lib, u qisqa davom etgan.
Dialogning fikr - mulohaza shaklida so'zlovchi ko'proq gapiradi. Hammada sunvat ancha uzog'roq davom etadi. Masalan, olimlar bilan suhvatlar, yoki uzoq vaqt ko'rishmagan kishilar bir-birlari bilan uzoq gaplashishlari mumkin. Bunda fikr-mulohaza shaklidan foydalaniladi. To'g'ri bunday hollarda aralash shaklni qo'llash ko'proq uchraydi.
Dialoggik nutq shaklarining ko'pligi va qo'llanishi unda munosavat ifodalash usullariga ham bog'liq. Turli munosavatni ifodalash nutq jarayoni borishini boshqaradi va o'z - o'zida undagi shakl ham, til birliklari ham, ohang ham o'zgaradi.
Masalan, Buyruq - istak shaklidagi suhvatda rahvar va xodim o'rtasidagi munosavat ifodalansa, shu shaklni boshqa munosavatga joriy etib bo'lmaydi. Chunki, bu yerda munosavat rahvar va xodim o'rtasidagi emas, valki ikki do'st yoki mehmon bilan-mezmon o'rtasida bo'lishi mumkin. Bunda esa til birliklari, shakl kabi elementlar ham o'zgaradi.
Xullas, dialogik nutq jarayoni juda murakkab, serqirra jarayon bo'lib, sunvatdoshga suhvat vaziyati, muhiti va motividan kelib chiqib munosatda bo'lish maqsadga muvofiq bo'ladi.
|