• 5. Yansi mavzuni mustahkamlash.
  • 6. Uyga vazifa
  • 1.Mavzu: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI. 2. Dars turi
  • 6. Darsda qollaniladigan nazorat turlari;
  • B) Tarbiyaviy maqsad;
  • V) Rivojlantiruvchi maqsad;
  • 8. Darsni otish joyi
  • 10. Kerakli bilimlar doirasi
  • DARS BOSQICHINING MAZMUNI 1. Tashkiliy qism
  • O’qituvchining kirish so’zi
  • 3. O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va vaholash
  • MAVZU: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI. REJA
  • Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari




    Download 1,88 Mb.
    bet13/143
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,88 Mb.
    #4327
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143

    2-mashq.

    Avval shakldosh, keyin ko'p ma'noli so'zlarni ko'chiring, ularning farqini shu so'zlar ishtirokida tuzgan gaplaringiz asosida sharhlang.

    Asir, bog', yoz, chang, yozmoq, quloq, ot, bosh, toy, oshiq, ko'k, qirq, qo'y, lab, oylik.
    Bilib oling:
    Ma'nodosh so'zlarni to'g'ri qo'llay bilish gap mazmunining aniq, ifodalanishini, nutqning noo'rin takrorlardan xoli bo'lishini ta'minlaydi. Ma'nodosh so'zlar qatorini to'g'ri tuzish, undagi bosh so'zni ajrata olish muhimdir. Masalan: osmon, ko'k, gumvaz so'zlarida osmon so'zi, shirin, mazali, lazzatli, xushta'm ma'nodoshlarida shirin so'zi bosh so'zdir.

    Shakldosh so'zlar so'z san'atining ta'sirchan vositasidir. Bunday so'zlarni o'rinli qo'llash orqali so'z oyinlari, askiya, payrovlar yaratiladi, mumtoz she'riyatdagi tuyuq janri shakldosh so'zlarga asoslanadi. Matn mazmunini ochishida shakldosh so'zlaring ma'nolarini to'g'ri farqlay bilish lozim.

    Zid ma'noli so'zlar fikrni ta'sirli, tasviriy ifodalash, ajratib ta'kidlash maqsdida vadiiy nutqda keng qo'llanadi. Xayotiy hodisa, munosavatlarni zidlash usuli orqali ta'sirchan ifodalash, ma'noni kuchaytirish, belgilarni aniq ajratish uchun bunday so'zlardan o'rinli foydalana bilish kerak.

    3-mashq.

    Matnni o'qing. Shakli va ma'no munosavatlariga ko'ra farqlanuvchi so'zlarning ma'nosi va qo’llanish maqsadini izohlang.

    Mirzo Bobur yoshligidanoq ziyrak bola bo'lib o'sibdi. Kunlardan bir kun Umarshayx saroy a'yonlari bilan qasrda o'ltirgan ekan, bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga ko’nibdida, “g'ulu-g'ulu-g'ulu” qilaveribdi.

    Umarshayx, Umarshayx Mirzo (1356- Xarmotu -1394) - temuriy shahzoda. Amir Temurning ikkinchi oʻgʻli. Onasi Toʻlun ogʻo (Toʻmlun ogʻo). Yoshligidan mohir chavandoz va mard jangchi boʻlib yetishgan. Keyinchalik koʻp janglarda koʻrsatgan jasurligi va qahramonligi evaziga bahodir unvoniga erishgan.
    Umarshayx a'yonlaridan Kabutar ne deydure deb so'rab qolibdi. Anchadan buyon urush ko'rmay qilichlari qonsirab qolgan a'yonlar: Oliyxazrat, kabutar qilichlarni qindan sug'urmoq kerak deydur, — deb javob berishibdi.

    Gapga aralashmay bir chekkada jim o'ltirgan Mirzo Bobur: “Yo'q kabutar unday demaydur. Bobo qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor shu xushxavarni keltiribdur” — debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi. Kabutani tutib kelib, oyog'idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. Xatda: “Oliyhazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo'l urib bersalar” — deb yozilgan emish.

    Mirzo Boburning gapi to'g'ri chiqqanidan xayratga tushgan Umarshayx o'g'lidan: “Mirzoning bunchalik bilag'on va topqirligiga bois nedur?” — deb so'rabdi. “Ota,— debdi Bobur. — “Bu kabutarga e'tibor qilmadingiz. O'tgan yili ham qovun sayli xushxavarini xuddi mana shu jonivor xavar qilg'on erdi, kaminaning ko'zi kabutarning o'ng qanotidagi qora xolga tushgan zaxoti ani tanidim va shu so'zni taxmin o’dim”, — deb javob beribdi.

    Yosh Mirzoning xushyorligi, topqirligiga qoyil dolgan Umarshayx a'yonlariga qarab: “qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq, lozimdir. Havar qilinglar, varcha qovun sayliga otlansin”, — deb buyuribdi.


    5. Yansi mavzuni mustahkamlash.

    Bu bosqichda o ‘qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

    Frontal savollar.

    1. Qanday so‘zlar ma 'nodosh so’zlar deb ataladi?

    2. Qanday so'zlar shakldosh so’zlar deb ataladi?

    3. Qanday so'zlar zid ma'noli so'zlar deb ataladi?



    Dars yakuni:

    - O 'qituvchi o'tgan yangi mavzu b'oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini vaholaydi va darsniyakunlaydi.

    6. Uyga vazifa:

    A. Raflyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb- hunar kollejlari uchun darslik. “Sharq” NMAK 2002 yil.



    O’qituvchi uchun adabiyotlar:

    A. Asosiy:

    1. A. Raviyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kash - hunar kollejlari uchun darslik “Sharq” NMAK 2002 y.

    2. G’Abdurahmonov. H.Rustamov. Ona tili 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi”1998yil.
    B.Qo’shimcha:

    1. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Oliy o 'quv yurtlari studentlari uchun qollanma. Toshkent «O’qituvchi» 1981 y.

    2. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh.Yusupov. Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3 - bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 2003 y.

    1.Mavzu: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI.

    2. Dars turi: ______________________________

    3. Dars vaqti: ___ daqiqa.

    4. Dars tipii:Aralash dars.

    5. Darsda qo'llaniladigan usullar:

    Innovatsion texnologiyalari asosida “Muz yorish”, ‘Mustaqil ish’ usullari, test usuli.

    6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari;

    1. Frontal savollar.

    2. Test savolliklari.

    3. Mustaqil ishturi



    7. Dars maqsadlari:

    A) Talimiy maqsad;

    • Nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash.

    • So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni haqida ma'lumot.

    • Ijobiy bo’yoqdor sozlar haqida ma'lumot berish.

    • Salbiy bo'yoqdor so'zlar haqida malumot berish.

    B) Tarbiyaviy maqsad;

    • o’quvchilarda namunali savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish.

    • Amaliy faoliyatda be’taraf bo'yoqli so'zlarni to’g'ri qo’llay bilish.

    • o’quvchilardagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida so'zlash

    • ko'nikmasini yanada rivojlantirish.

    V) Rivojlantiruvchi maqsad;

    • So'zning nutqdagi o'rni haqida kengroq bilish.

    • Salbiy bo'yoqdor so'zlar va ijobiy bo'yoqdor so'zlarni bexato qo'llay olish ko’nikmasini rivojlantirish.

    • o’quvchilarning namunali yozma va og'zaki nutqini shakllanishini o'stirish.

    • Nutqiy faoliyat chog'ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish.

    • o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish.

    8. Darsni o'tish joyi: ____________________

    9. Darsning didaktikasi:

    A. Fandagi mavzular aro bog'lanish;

    Mavzu: Nutqda so'zni to'g'ri tanlash me'zonlari. Bir ma'nolilik va ko'p ma'nolilik, bu holatlarni lug'atlardan topa bilish.



    B. Fanlararo bog'lanish;

    Adabiyot. Mavzu: “Adabiyot so'z san'ati”. Nutq madaniyati. Mavzu: «Nutq odobi».



    V. Hayot bilan bog'lash:

    Mavzuni meditsina tarixidan oldin olgan bilimlar asosida Nutq odobi haqida.

    - Turli munosavatlarni ifodalashda til vositasidan foydalanish .

    10. Kerakli bilimlar doirasi:

    Be’taraf sozlarning nutqda qo'llanishi. Bo'yoqdor so'zlarning nutqdagi o'rni.



    11. Darsni jihozlash:

    Slayd, kodoskop. Be’taraf so'zlar, bo'yoqdor so'zlar’ jadvali, tarqatma test va savollar, adabiyotlar.


    DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



    DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

    VAQTI










    1

    Tashqiliy qism

    daqiqa

    2

    o’qituvchining kirish so’zi

    daqiqa

    3

    o’quvchilarning bilimini tekshirish

    _ daqiqa

    4

    Yangi mavzuning bayoni

    daqiqa

    5

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    daqiqa

    6

    Darsning yakuni

    daqiqa

    7

    Uyga vazifa

    daqiqa




    Jami

    daqiqa

    12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



    Dars

    Bosqich-lari



    Ta’lim beruvchining

    Faoliyati



    Ta’lim oluvchining

    faoliyati



    Texnologiya


    Metod

    Shakl

    Vosita

    1

    Tayyor-lov

    __ daqiqa



    Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

    O’quvchilar darsga

    kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

    borib o’tiradi.


    Noan’anaviy

    Guruh-larni

    shakl-lantirish



    Taqsimlash

    qog’ozchalari



    2

    Mavzuga

    kirish


    __ daqiqa

    Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

    Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



    Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

    O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



    Mavzu

    _____________________________________________________________________________



    Guruh-lar

    Ko’rgazma

    doska,


    bo’r

    3

    O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

    tekshirish

    _____ daqiqa


    O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

    (savollar ilova qilinadi)



    O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

    Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



    An’anaviy

    nazorat usuli



    Guruh

    Savollar

    Doska va bo’r,

    o’quv

    daftarlari



    4

    Yangi mavzu-ning

    bayoni


    _____ daqiqa

    Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

    ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



    Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

    Ma’ruza yangi mavzu bayon

    qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

    Hayotdan misollar keltiriladi.


    Guruh-lar

    Slayd, mavzu

    bo’yicha yozilgan

    materiallar

    doska va


    bo’r

    5

    Taqdimot

    ______ daqiqa



    Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

    Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

    Muhokama va mustaqil ishlash

    Guruh-chalar

    Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

    6

    Baholash

    ____ daqiqa



    Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

    Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

    Munozara

    Guruh-chalar

    Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

    7

    Umum-lashtirish

    _____ daqiqa



    Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

    Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

    Sunbat-mulohaza

    Guruh-chalar

    Baholash mezonlari varaqasi.

    8

    Darsga yakun yasash

    ____ daqiqa



    Darsni yakunlaydi.

    Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

    ________________________________________________________________________________________


    Tinglaydilar.

    Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



    Ma’ruza

    Umumiy

    Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

    13. O’qituvchi uchun adabiyotlar:

    A. Asosiy:

    1. A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK. 2002 yil.

    2. G’.Abdurahmonov. H.Rustamov. Ona tili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. «O’qituvchi» 1995 yil.

    B. Qo’shimcha:

    1. G.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy o’quv yurtlari studentlari uchun qollanma. Toshkent. "O’qituvchi"1981yil.

    2. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH. Yusupova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil.

    DARS BOSQICHINING MAZMUNI

    1. Tashkiliy qism:

    O’qituvchu o’quvchilar bilan salomlashadi, o’quv xonasining tozaligini tekshiradi, xonani ko’gazmali qurollar, texnik-axborot vositalar bilan jihozlanishi, o’qitiladigan mavzuga mosligiga e'tibor beradi. Navvatchini aniqlab, davomatni tekshiradi. O’quvchilarning tayyorgarligi (kitob, daftari, ruchka kabio’quv qurollari va kiyinishini tekshiradi.

    2. O’qituvchining kirish so’zi:



    Bu bosqichda o’qituvchi oquvchilarni yangi o’quv yili boshlangani bilan tabriklaydi. So’ng ularning bilimlarini qayta esga olish uchun savollar beradi. Yangi mavzu nomini aytadi va dars o’tish rejasi, darsning maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtiradi hamda ularni doskaga yozib qo’yadi. Oqituvchi o’quvchilarning diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni darsni o’zlashtirishga, bilimlarni puxta egaliashga tayyorlashi kerak.

    3. O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va vaholash:

    O’qituvchi o'tilgan mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi.

    1. Ma’nodosh so'zlar haqida ma'lumot bering?

    2. Shakldosh so'zlar haqida ma’lumot bering?

    3. Zid manoli so'zlar haqida ma’lumot bering?

    4. Iboralarning ta'sirchanligi, obrazliligi haqida ma'lumot bering?

    5. Metafora hodisasi haqida malumot bering?

    6. Metanimiya haqida ma'lumot bering?

    7. Sinekdoxa hodisasi nima?

    8. Vazifadoshlik haqida gapiring?

    O’quvchilarning ona tili va adabiyoti fanidan olgan bilim va ko'nikmalarini tekshirish hamda o'zlashtirish darajasini izohlaydi. o’quvchilarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga innovatsion texnologiyalardan foydalanib yodoshiladi. o'qutuvchi o’quvchilarni javob berishdagi xato va kamchiliklarihi to'g'rilaydi, tushunturadi. O’quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilmagan bo'limlarni qisqacha so'zlab beradi.

    4. Yangi mavzuni tushuntirish:



    Bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavziini tushuntiradi va o’quvchilar ma'ruzaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fikrlashi uchun yo'llanmalar berib ishlaydi.

    MAVZU: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI.

    REJA:

    1.So'zning hissiy to'siriy jihatdan nutqdagi o’rni.

    2. Be’taraf bo'yoqli so‘zlarning qo’llash holati.

    3.Nutqda so’zning bo'yoqdorligidan to’g'ri foydalanish.

    Mavzuga oid tayanch atamalar: Be’taraf bo’yoqli so‘zlar, salbiy bo'yoqdor so’lar, ijobiy bo’yoqdor so’zlar.

    Hissiy ta'siriy bo'yoq nuqtai nazaridan. Sinonimik qatordagi so'z hissiy ta’siriy bo'yoqsiz yoki hissiy ta’siriy bo'yoqdor bo’lishi mumkin: xunik- vadvashara.

    Bo'yoqdor so'zlar ijobiy yoki salbiy munosavatni ifodalashiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) ijobiy bo'yoqdor; 2) salbiy bo'yoqdor so'zlar.

    Masalan: yuz - bet - aft - vashara - turq - chehra - jamol sinonimik qatorida chehra, jamol so'zlari ijobiy bo'yoqdor, vashara, tuqr esa salbiy bo'yoqdor so'zlardir.

    Sinonimik qatordagi so'zlar uslubga farqli munosavatda bo'ladi.

    Masalan: odam - kishi - inson - vashar sinonimik qatorda vasher so'zi, ko'krak - ko'ks - vag'ir - to'sh - siyna sinonimik qatorida siyna so'zi poezie uslubga xos. Pul - aqcha - mullajiring - yakan sinonimik qatordagi mullajiring sozi, yarashmoq - kelisjhmoq — ko’nmoq sinonimik qatoriga oid ko’nmoq so'zi va o'lmoq - vafot etmoq - qazo qilmoq - qurbon bo'lmoq - halok bo'lmoq - qulamoq - uzulmoq sinonimik qatoridagi qulamoq so'zi oddiy so'zlashuvga xos.

    Uylanish vaqti-ya, lekin mullajiring qurg'ur yo'q, - dedi Abdulvohid piyolani bo'shatib.

    Shunday kopiptiki, lovillaydi - ya, lovillaydi. Chol qulamay turibdi. Qulagan kuni ularaning yoqasini bo'g'aman, merosimni da'vo qilaman!

    Sinonimik qatordagi so'zlar hozirgi adabiy tilga munosavati nuqtai nazaridan o'zaro farqlanishi mumkin, ya'ni sinonimik qatordagi so'z hozirgi adabiy til normasi dorirasida yoki undan tashqarida turishi mumkin. Keyingi holatda:

    1) sinonimik qatordagi so'z dialektal xususiyatga yoki 2) eskilik belgisiga ega bo'ladi.

    Masalan: qidirmoq - axtarmoq - izlamoq - istamoq sinonimik qatorida istamoq so'zi dialegal xususiyatga ega. O’qituvchi - pedagog - muallim - domla - afandi sinonimik qatorida afandi eskirgan so'z.

    Sinonimik qatordagi so'zlar ma'noni qaydarajada ifodalanishi jihatidan ham o'zaro farqlanadi.

    Yuqoridagi to'rt punktda keltirilgan faktlarning o'ziyoq sinonimlar bir xil ma'noga ega bo'lishdan tashqari, ularning har biri o'ziga xos farqli xususiyatlarga ham ega ekanligini ko'rsatadi. So'zlovchi o'z fikrini maqsadga muvofiq ifodalash uchun sinonimlarning a na shu xususiyatlaridan foydalanadi va sinonimik qatordagi so'zlardan keraklisi saylab ishlatiladi.

    Ayrim ishlarda sinonimlar ko'rib o'tilgan xususiyatlari asosida ideografik sinonimlar va stilistik sinonimlar kabi ikki turga ajratiladi. Ayrim ishlarda esa uchinchi tur sifatida nutqiy sinonimlar ham ko'rsatiladi va h. Avvalo, sinonimlarni bunday gruppalashning nazariy asosi yo'q. Bundan tashqari “ideografik sinonim”, “stilistik sinonim” yoki “nutqiy sinonim” terminlarning qo’llanishi ham to'g'ri emas. Chunki, masalan, “stilistik sinonim” birikmasi birdan ortiq so'zning stil jihatdan sinonimligini bildiradi. Vaholanki, birdan ortiq so'zning sinonimligi stilistik bo'yoqdorligi yoki nutqning ma'lum turiga xoslanganligi bilan emas, valki yuqorida ko'rib o'tganimizdek, birdan ortiq so'zning bir xil ma'noga egaligi bilan belgilanadi.

    Mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar.

    1. Qanday s’ozlar neytral so’z hisoblanadi?

    2. So’zlashuv uslubi qanday xususiyatlarga ega?

    3. Keng iste’moldagi so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?

    4. Ijobiy bo’yoqdor so’zlar haqida gapiring?

    5. Salbiy bo’yoqdor so’zlar haqida gapiring?



    Download 1,88 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari

    Download 1,88 Mb.