• O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim.
  • Loyihalash metodi
  • «tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor




    Download 278,76 Kb.
    bet13/42
    Sana13.01.2024
    Hajmi278,76 Kb.
    #136684
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
    Bog'liq
    «tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor-fayllar.org

    Tanqidiy tafakkur metodi
    Muammoli modulli ta’lim metodi.
    Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi. Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi.
    O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim. 
    Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchiodamni Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir.
    Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.
    Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar.
    Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi. 

    Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash.



    KLASTER (Klaster-tutam, bog`lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g`oyalarni yig`ish.
    Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. 

    Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog`oz varag`ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.

    Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog`liq so’z va takliflar kichik doirachalar "yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni "asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo’ldoshlarda” "kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g`oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
    Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat. 

    Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi.


    Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 

    Toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo’lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti 



    BBB Jadvali - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
    Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
    Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
    Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
    "Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo’limlarini to’ldiradilar.
    Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
    Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo’limini to’ldiradilar.



    Download 278,76 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




    Download 278,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

    Download 278,76 Kb.