Tasdiqlayman” Sh. Turdimetov




Download 30.62 Kb.
Sana01.01.2020
Hajmi30.62 Kb.
#8106



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Tasdiqlayman”



__________ Sh.Turdimetov

____” __________ 2019 yil


AMALIY FANLAR VA MAKTABDAN TAShQARI TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
TEXNOLOGIYА fani uchun testlar banki
Tuzuvchi: J. Rustamov

Guliston - 2019

        1. Amerika Qo’shma shtatlari (AQSh)da ta’lim tizimining tuzilishi

qanday?

*a) Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan MTM, 1 – 8 – sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar 6 yoshdan 13 yoshdagilar, 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (14-17 yoshgacha). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

b) Bolalar 2 yoshdan 4 yoshgacha tarbiyalanadigan MTM, 1 – 8 – sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar 6 yoshdan 12 yoshdagilar, 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (14-17 yoshgacha). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

c) Bolalar 2 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan MTM, 1 – 8 – sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar 6 yoshdan 13 yoshdagilar, 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (14-15 yoshgacha). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

d) Bolalar 2 yoshdan 6 yoshgacha tarbiyalanadigan MTM, 1 – 8 – sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar 6 yoshdan 11 yoshdagilar, 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (14-15 yoshgacha). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

2. Germaniya ta’lim tizimining birinchi bosqichi qanday nomlanadi?



*a) Primarbereich

b) Sekundarbereich

c) Tertiärbereich

d) Quartärbereich

3. Germaniyada to’liq o’quv haftalik maktabiga borish majburiyati necha yoshgacha hisoblanadi?

*a) 18 yoshgacha

b) 19 yoshgacha

c) 16 yoshgacha

d) 17 yoshgacha

4. Frantsiya boshlang’ich ta’lim maktablariga necha yoshdan necha yoshgacha bo’lgan

bolalar jalb qilinadilar?

*a) 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan

b) 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan

c) 6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan

d) 5 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan

5. Koreyada nechta oliy o’quv yurti mavjud?

*a) 104 ta

b) 114 ta

c) 124 ta

d) 204 ta

6. Koreyada necha foiz oliy o’quv yurti xususiy hisoblanadi?

*a) 80 foizi

b) 75 foizi

c) 57 foizi

d) 65 foizi

7. Muammoli ta’lim yondashuvlarining kuchli, kuchsiz, imkoniyat va to’siqlarini tahlil qilishga qaratilgan metod bu...

*a) SWOT tahlil

b) FSMU

c) Muammoli ta’lim



d) Muammoli vaziyat

8. “Keys-stadi” metodi qanday ma’noni anglatadi?

*a) inglizcha so’z bo’lib, “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – o’rganmoq, tahlil qilmoq.

b) nemischa so’z bo’lib, “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – o’rganmoq, tahlil qilmoq

c) fransuzcha so’z bo’lib, “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – o’rganmoq, tahlil qilmoq

d) lotincha so’z bo’lib, “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – o’rganmoq, tahlil qilmoq

9. Kompetentsiya nima?

*a) Mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.

b) Mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llay olish qobiliyati.

c) O’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish

d) O’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.

10. Kompetentsiyalar qanday turlarga bo’linadi?

*a) Tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalar

b) Tayanch va xususiy kompetentsiyalar

c) Boshlang’ich va umumiy kompetentsiyalar

d) Tayanch va umumiy kompetentsiyalar

11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori qachon qabul qilingan?

*a) 2017 yil 6 aprel

b) 2016 yil 16 aprel

c) 2017 yil 17 aprel

d) 2016 yil 7 aprel

12. UO’Tning malaka talablari deganda nima tushuniladi?

*a) Umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o’quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo’yiladigan talablar tushuniladi.

b) Umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablardan tushuniladi

c) Umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi tushuniladi.

d) Umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmuni, o’quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo’yiladigan talablardan tushuniladi.



13. STEM atamasi ilk bor qaysi davlatning maktab dasturiga kiritilgan?

*a) AQShda

b) Frantsiyada

c) Germaniyada

d) Koreyada

14. STEM atamasining lug’aviy ma’nosi nima?

*a) Tabiy fanlar, texnologiya, muxandislik ishi, matematika.

b) Muxandislik ishi, matematika, kimy, fizika.

c) Tabiy fanlar, texnologiya, kimy, fizika.

d) Tarix, texnologiya, tasviriy san’at, biologiya.

15. Texnologik jarayon - bu...

*a) Ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

b) Ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga etkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

c) Ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

d) Texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi



16.Texnologik operatsiya – bu...

*a) Ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga etkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

b) Ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

c) Texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi

d) Ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

17. Texnologik xarita – bu...

*a) Ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

b) Texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi

c) Ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

d) ) Ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga etkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

18. Texnologik reja – bu...

*a) Texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.

b) Ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

c) Ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga etkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

d) Ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

19. “Texnologiya”ning fan sifatida vujudga kelishiga nechanchi asrga to’g’ri keladi?

*a) XVII asrga

b) XVIII asrga

c) XIV asrga

d) XV asrga

20. Qaysi yildan boshlab “Mehnat ta’limi” nomi “Texnologiya” deb atala boshlandi?

*a) 2017 yildan boshlab

b) 2015 yildan boshlab

c) 2016 yildan boshlab

d) 2014 yildan boshlab

21. Kreativ kompetentlik – bu...

*a) Pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

b) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoѐn qilish;

c) Pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish;

d) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

22. Innovatsion kompetentlik – bu...

*a) Pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

b) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

c) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

d) Pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish;

23. Kommunikativ kompetentlik – bu...

*a) Ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish;

b) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

c) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

d) Pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish;

24. Shaxsiy kompetentlik – bu...

*a) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

b) Pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish;

c) Pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish;

d) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

25. Texnologik kompetentlik – bu...

*a) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish;

b) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

c) Pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish;

d) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;
26. Ekstremal kompetentlik bu...

*a) favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik;

b) Kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish;

c) Izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

d) Pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish;

27. Koreyada davlat byudjetining necha foizi ta’limga sarflanadi?

*a) 24 foizi

b) 21 foizi

c) 28 foizi

d) 20 foizi

28. AQShda majburiy ta’lim necha yoshgacha?

*a) 16 yoshgacha

b) 15 yoshgacha

c) 17 yoshgacha

d) 18 yoshgacha

29. AQShda o’rta maktablarda kasb- hunar o’rganish necha xil yo’nalishda ?

*a) 4 yo’nalishda

b) 3 yo’nalishda

c) 2 yo’nalishda

d) 5 yo’nalishda

30. Germaniya ta’lim tizimi necha bosqichdan iborat?

*a) 4 bosqichdan iborat

b) 3 bosqichdan iborat

c) 2 bosqichdan iborat

d) 5 bosqichdan iborat

31. Germaniya kasb-hunar ta’limining qanday tizimi mavjud?

*a) Dual

b) Primarbereich

c) Tertiärbereich

d) Quartärbereich

32. Frantsiyada boshlang’ich sinflarda o’qish nechta bosqichda amalga oshiriladi?

*a) 3 bosqichda amalga oshiriladi

b) 2 bosqichda amalga oshiriladi

c) 1 bosqichda amalga oshiriladi

d) 4 bosqichda amalga oshiriladi

33. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 2 PF-4947-sonli Farmoni qachon qabul qilindi?

*a) 2017 yilning 7 fevral kuni

b) 2017 yilning 17 fevral kuni

c) 2017 yilning 27 fevral kuni

d) 2016 yilning 7 fevral kuni

34. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

nechta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi belgilab berildi?

*a) 5 ta yo’nalish

b) 7 ta yo’nalish

c) 6 ta yo’nalish

d) 4 ta yo’nalish

35. Harakatlar strategiyasining nechanchi uchtuvor yo’nalishida “...ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” masalalariga katta e’tibor qaratilgan?

*a) 4-chi ustuvor yo’nalishida

b) 3-chi ustuvor yo’nalishida

c) 5-chi ustuvor yo’nalishida

d) 2-chi ustuvor yo’nalishida

36. Davlat ta’lim standartining bosh mezoni – bu..

*a) Tayanch o’quv reja

b) Tayanch o’quv dastur

c) Yuklama

d) Dars jadvali

37. Tajriba-tayanch o’quv rejasi, davlat ta’lim standarti loyihalari, sinov o’quv dasturlari hamda baholashning reyting usuli qaysi qarorga muvofiq tajriba-sinovdan o’tkazildi?

*a) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi

b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 maydagi

c) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 maydagi

d) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 maydagi

38. Texnologiya va kasb-hunarga yo’naltirish jarayonlari oldiga qo’yilgan yuqoridagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?

*a) Davlat ta’lim standarti bo’yicha

b) Tayanch o’quv dastur bo’yicha

c) Tayanch o’quv reja bo’yicha

d) Yuklama bo’yicha

39. Texnologiya fanini o’qitishda uning o’ziga xos xususiyatlari, mazmuni va vazifalarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonining asosini tashkil qiluvchi qanday tamoillar mavjud?

*a) Umumdidaktik va maxsus tamoillar

b) Umumdidaktik tamoillar

c) Maxsus tamoillar

d) Ijtimoiy tamoillar

40. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1necha soatdan vaqt ajratiladi?

*a) 1 soatdan

b) 2 soatdan

c) 3 soatdan

d) 4 soatdan

41. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 5-7 sinflarda haftasiga 1necha soatdan vaqt ajratiladi?

*a) 2 soatdan

b) 1 soatdan

c) 3 soatdan

d) 4 soatdan

42. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 8-9 sinflarda haftasiga 1nechasoatdan vaqt ajratiladi?

*a) 1 soatdan

b) 2 soatdan

c) 3 soatdan

d) 4 soatdan

43. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga jami necha soat vaqt ajratiladi?

*a) 407 soat

b) 258 soat

c) 308 soat

d) 428 soat

44. O’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish nima?

*a) Bilim

b) Ko’nikma

c) Malaka

d) Kompetentsiya

45. O’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish nima?

*a) Ko’nikma

b) Bilim

c) Malaka

d) Kompetentsiya

46. O’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish nima?

*a) Malaka

b) Bilim

c) Ko’nikma

d) Kompetentsiya

47. Molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o’zaro valentlik bog’lanishidan hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikma bu-...

*a) Polimer

b) Kauchuk

c) Rezina

d) Sintetika

48. Neft, tabiiy gaz va toshko’mir kabi materiallarga kimyoviy ishlov beriish orqali olinadigan materiallar bu-...

*a) Sintetik polimerlar

b) Sun’iy polimerlar

c) Tabiiy polimerlar

d) Polimer

49. Monomerlarning o’zaro qo’shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikish jarayoni deb nimaga aytiladi?

*a) Polimerlash

b) Sintetiklash

c) Sintetik polimerlarlash

d) Tabiiy polimerlarlash

50. ...........ni bir necha marta qizdirib (yumshatib) har xil shaklga keltirish va ishlov berish mumkin.

*a) Termoplastik polimerlar

b) Polimer

c) Termoreaktiv polimerlar

d) Ratsionalizator

51. .............bir marta qizdirilib (yumshatilib) ma’lum shaklga solingandan keyin harorat ta’sirida yumshamaydigan bo’lib qoladi.

*a) Termoreaktiv polimerlar

b) Polimer

c) Termoplastik polimerlar

d) Ratsionalizator

52. Sintetik tolalar kamida ..............oS(gradus) dan keyin yumshab cho’ziladi.

*a) 180-200

b) 220-260

c) 100-120

d) 60-80

53. ............... deb – polimerlar asosida olingan mustahkam, qattiq va elastik materialga aytiladi.

*a) Plastmassa (plastik)

b) Termoreaktiv polimerlar

c) Termoplastik polimerlar

d) Sintetik tolalar

54. Plastmassalarni yopiq kameralarda bosim ostida ta’sir ettirib ishlash bu-...

*a) Plastmassani presslash

b) Plastmassani ezish

c) Plastmassani prokatlash

d) Plastmassani shtamplash

55. .................inglizcha “resisto” so’zidan olingan bo’lib qarshilik ko’rsataman

ma’nosini anglatadi

*a) Rzistor

b) Ampermetr

c) Datchik

d) Voltmetr

56. Maxsus texnik vositalar – o’lchash asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo’li bilan aniqlash bu-...

*a) O’lchash

b) O’lchov

c) Amper


d) Qarshilik

57. Nima shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo’ladigan hayotiy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi?

*a) Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi

b) Rivojlantiruvchi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari

c) Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi

d) Rivojlantiruvchi ta’limning predmeti

58. Texnologiya va dizayn”, servis xizmati yonalishlari nechanchi sinflarda o’qitiladi?

*a) 5-9 sinflarda

b) 1-4 sinflarda

c) 5-7 sinflarda

d) 8-9 sinflarda

59. Texnologiya va dizayn yo’nalishi bo’yicha 5-7 sinflarda qanday bo’limlar yangidan kiritilgan?

*a) “Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Ro’zg’orshunoslik asoslari”

b) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi

c) Elektronik asoslari

d) Ro’zg’orshunoslik asoslari

60. Texnologiya va dizayn yo’nalishi bo’yicha 8-9 sinflarda qanday yo’nalish kiritilgan?

*a) Elektronik asoslari

b) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi

c) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Ro’zg’orshunoslik asoslari”

d) Ro’zg’orshunoslik asoslari

61. “Serviz xizmati” yo’nalishi bo’yicha 5-9 sinflarga yangi kiritilgan bo’limning nomi?

*a) Ro’zg’orshunoslik asoslari

b) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi

c) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Ro’zg’orshunoslik asoslari”

d) Elektronik asoslari

62. Texnologiya fanining o’quv dasturidan chiqarilgan yo’nalishning nomini aniqlang?

*a) Qishloq xshjaligi asoslari

b) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi

c) Polimer metallarga ishlov berish texnologiyasi”, “Ro’zg’orshunoslik asoslari”

d) Elektronik asoslari

63. Sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim jarayonini tashkiliy nuqtai nazardan va o’quv ishlarini unga jalb etilishi tomonidan ularni nechta turga ajratish mumkin?

*a) 3 ta turga (Individual, guruhiy va ommaviy)

b) 2 ta turga (Individual va ommaviy)

c) 1 ta turga (Ommaviy)

d) 4 ta turga (Individual, guruhiy, oilaviy va ommaviy)

64. Odam qo’li harakati yoki ishchi funktsiyalarini bajara oladigan va odam orqali yoki avtomatik ravishda boshqariladigan qurilma bu-...

*a) Manipulyator

b) Robot

c) Avtomatika

d) Elektronika

65. Robotlar, asosan necha turga bo’linadi?

*a) 3 turga

b) 2 turga

c) 4 turga

d) 5 turga
66. Ukuv ustaxonalari necha xil buladi?

*a) Ko’p qirrali, kombinatsiyalashgan

b) Duradgorlik

c) Buyum tikishga moslashtirilgan

d) Slesarlik

67. Metaldan yasalgan buyumlarga o’yib yoki bo’rttirib naqsh ishlash qanday san’at turiga kiradi?

*a) Kandakorlik

b) Pichoqchilik

c) Zardo’zlik

d) Chilangarlik, zargarlik,Chilangarlik, zargarlik.
68. Kasb nima?

*a) Diplom yoki tegishli hujjatda ko’rsatilgan ixtisoslik nomi

b) Maqsadli mehnat faoliyati

c) Unumli mehnat bilan shug’illanish

d) Jamiyat uchun foydali mehnat qilish
69. “Keys – stadi” so’zining izohiy lug’atdagi ma’nosi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?

*a) Keys – stadi inglizcha “sase” – aniq vaziyat, “stadi” – ta’lim co’zlarining

birikuvidan hosil qilingan

b) biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi.

c) ingl. “integrtion” – yangilik kiritish

d) “integration” so’zidan olingan bo’lib, qayta, qurish, tiklash, to’ldirish; “integr”-to’liq, butun, yaxlit degan ma’noni anglatadi


70. Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari qanday tarkibiy qismlardan iborat?

*a) Bilim, ko’nikma, malaka, kompetentsiya

b) Nazariy bilim, ko’nikma, malaka, kompetentsiya

c) Bilim, ko’nikma, amaliy malaka, kompetentsiya

d) Bilim, amaliy ko’nikma, malaka, tayanch va xususiy kompetentsiya
71. Tayanch kompetentsiyalar nechtadan iborat?

*a) 6 ta


b) 4 ta

c) 8 ta


d) 3 ta
72. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli Qarori bilan qanday xujjat imzolandi?

*a) Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi

b) Umumta’lim maktablari 11 yillik bo’ldi

c) Maktabgacha ma’lim vazirligi tashkil etildi

d) ДТС тасдиқланди
73. Ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladigan diagramma shaklidagi metod niма деб номланади?

*a) Venn diagrammasi

b) Klaster

c) Tushunchalar tahlili

d) Insert
74. A2Q standart darajasi qanday nomlandi?

*a) Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

b) Umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi

c) 5-9 sinf fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan darajasi

d) 5-9 sinf fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi
75. A2 standart darajasi qanday nomlandi?

*a) Umumta’lim fanlarini o’rganishning tayanch darajasi

b) 5-9 sinf fanlarini o’rganish darajasi

c) Umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’rganish darajasi

d) 5-9 sinf fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi
76. A1 standart darajasi qanday nomlandi?

*a) Umumta’lim fanlarini o’rganishning boshlang’ich darajasi

b) Umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’rganish darajasi

c) Umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi

d) 5-9 sinf fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi
77. A1Q standart darajasi qanday nomlandi?

*a) Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan boshlang’ich darajasi

b) Umumta’lim fanlarini o’rganishning boshlang’ich darajasi

c) Umumiy o’rta ta’lim fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi

d) 5-9 sinf fanlarini o’rganishning chuqurlashtirilgan darajasi
78. “Integratsiya” so’zining izohiy lug’atdagi ma’nosi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?

*a) “integration” so’zidan olingan bo’lib, qayta, qurish, tiklash, to’ldirish; “integr”-to’liq, butun, yaxlit degan ma’noni anglatadi

b) Biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi.

c) Ingl. “integrtion” – yangilik kiritish, ixtiro

d) “Yangilik kiritish”
79. Koreyada nechta hunar maktablari mavjud?

*a) 600 ta

b) 500 ta

c) 400 ta

d) 550 ta
80. Koreya Oliy maktablarida darsning davomiyligi necha minutga teng?

*a) 50 minutga

b) 40 minutga

c) 45 minutga

d) 55 minutga
81. Koreyada boshlang’ich maktablarning har sinfda necha nafargacha bola o’qiydi?

*a) 50 nafargacha

b) 40 nafargacha

c) 45 nafargacha

d) 35 nafargacha
82. Koreyada har yili maktablarni bitiruvchilarning necha foizi o’qishga kiradi?

*a) 40 foizi

b) 50 foizi

c) 45 foizi

d) 75 foizi
83. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan qanday

maktablar ham bor?

*a) Yuqori

b) O’rta maxsus

c) Gimnaziya maktab

d) Oliy maktab
84. Koreyada oliy maktab necha yil?

*a) 3 yil

b) 6 yil

c) 2 yil


d) 5 yil
85. Koreyada o’rta maktab necha yil?

*a) 3 yil

b) 7 yil

c) 4 yil


d) 5 yil
86. Koreyada quyi maktab necha yil?

*a) 6 yil

b) 7 yil

c) 5 yil


d) 3 yil
87. Koreya Ta’lim tizimiga asos qilib qaysi mamlakat modeli olingan?

*a) An’anaviy g’arb modeli

b) An’anaviy sharq modeli

c) An’anaviy janub modeli

d) Osiyo modeli

88. Janubiy Koreyada ta’lim haqidagi Qonun nechanchi yilda qabul qilingan?

*a) 1948 yil

b) 1946yil

c) 1947 yil

d) 1938 yil

89. Koreyada darslar bir yilda necha soatni tashkil etadi?

*a) 1222 soatni

b) 1200 soatni

c) 1322 soatni

d) 1022 soatni
90. Koreyada darslar necha daqiqadan etib belgilangan?

*a) 45 minut

b) 40 minut

c) 50 minut

d) 55 minut
91. Koreyada necha yil davom etadigan boshlang’ich ta’lim majburiy etib belgilangan?

*a) 6 yil

b) 7 yil

c) 5 yil


d) 4 yil
92. Yaponiyada necha universitet mavjud?

*a) 450 ta

b) 500 ta

c) 400 ta

d) 550 ta
93. Yaponiyada darslar necha soatdan o’tiladi?

*a) 7 soatdan

b) 5 soatdan

c) 6 soatdan

d) 8 soatdan
94. Yaponiyada o’quv yili necha kunni tashkil etadi?

*a) 240 kun

b) 220 kun

c) 225 kun

d) 210 kun
95. Yaponiyada yuqori bosqich o’rta maktab nechanchi sinflarni o’z ichiga oladi?

*a) 10, 11, 12 -sinflarni

b) 9, 10, 11 -sinflarni

c) 8, 9, 10 -sinflarni

d) 7, 8, 9 –sinflarni
96. Frantsiyada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun davlatning necha foiz

mablag’i ajratiladi?

*a) 21 foizi

b) 17 foizi

c) 23 foizi

d) 19 foizi
97. Frantsiyada o’quv yili necha chorakka bo’linadi?

*a) 5 chorakka

b) 4 chorakka

c) 3 chorakka

d) 6 chorakka
98. Frantsiyada Matematika, ona tili va adabiyoti kabi fanlar qanday fan hisoblanadi?

*a) Bazaviy

b) Rivojlantiruvchi

c) Asosiy

d) Qo’shimcha
99. Frantsiyada tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya qanday fan hisoblanadi?

*a) Rivojlantiruvchi

b) Bazaviy

c) Qo’shimcha



d) Asosiy
100. Nechanchi yil Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantiriladi?

*a) 1908 yil

b) 1906 yil

c) 1907 yil

d) 1910 yil

Download 30.62 Kb.




Download 30.62 Kb.