21
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
III. NAZARIY MATERIALLAR
1.1.. Pedagogning raqamli kompetentligi va raqamli kompetentlik modellari
Zamonaviy voqelikda, kasbiy faoliyani amalga oshirish jarayonida pedagog
kadrlar tez o‗zgarib turadigan
talablarga duch keladi, bu esa ulardan yangi,
kengroq va murakkabroq kompetensiyalar to‗plamini talab qiladi.
Raqamli kompetentlik – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan bog‗liq
kompetensiyalarni tavsiflovchi yangi tushunchalardan biri hisoblanadi. So‗nggi
yillarda "AKT savodxonlik", "axborot kompetentlik", "axborot savodxonligi",
"raqamli savodxonlik" va "raqamli ko‗nikmalar" kabi raqamli texnologiyalardan
foydalanish darajalarini tavsiflovchi bir nechta atamalar qo‗llanilmoqda.
Ushbu
atamalar ko‗pincha "raqamli kompetentlik" va "raqamli savodxonlik" kabi bir-
biriga yaqin atamalar bilan ishlatiladi. "Raqamli savodxonlik" tushunchasi oldinroq
ishlatila boshlangan. Ushbu atama insonning raqamli muhitda masalalarni samarali
hal etish qobiliyatini anglatadi.
2017 yilgi G20 sammiti tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan yondashuvga
asosan raqamli savodxonlikning beshta asosiy komponenti
taklif etilgan:
raqamli
kontent bilan ishlash, ya’ni ma’lumot yaratish, topish, u bilan
ishlash, birlashtirish, tahlil qilish qobiliyati;
kompyuter texnikasi bilan ishlash – texnik amallarni
bajarish usullarini
tushunish, kompyuter va dasturiy ta’minotning tuzilishini tushunish;
ommaviy axborot vositalari (matnlar, tovushlar, rasmlar, videolar va
boshqalar) bilan ishlash – ommaviy
axborot vositalarini baholash, media
kontentini yaratish qobiliyati;
kommunikatsiya – raqamli sohada, ijtimoiy
tarmoqlarda muloqot qilish
qobiliyati;
texnologik innovatsiyalar – hayotda turli texnologiyalardan foydalanish,
raqamli makonda ishlash vositalari (gadjetlar, ilovalar).
Raqamli
kompetesiyalar
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish bilan bog‗liq qobiliyatlar majmuini o‗z ichiga oladi:
1) raqamli texnologiyalardan foydalanishning texnik ko‗nikmalari;
2) raqamli texnologiyalardan kundalik hayot faoliyatida samarali foydalanish
qobiliyati;
3) raqamli texnologiyalarni tanqidiy baholash qobiliyati;
4) raqamli madaniyatda ishtirok etish motivatsiya.
G.U.Soldatova o‗z tadqiqotida raqamli kompetentlikning to‗rtta turini