25
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
oluvchilarga jamiyatning rivojlanishi va farovonligi uchun zarur bo‗lgan yangi
bilimlarni ishlab chiqarishga yordam berish qobiliyatini talab qiladi.
YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan model tarkibi ta‘limda AKTning
rolini
tushunish, o‗quv rejasi va baholash, pedagogik amaliyot,
raqamli
texnologiyalar bilan ishlash malakalari, ta‘lim jarayonini tashkil etish va
boshqarish va pedagogning kasbiy rivojlanishi kabi modullarni o‗z ichiga qamrab
oladi.
Xalqaro texnologiya ta‘limi jamiyati ISTE modelining asosiy yo‗nalishlari
sifatida oltita soha:
ijodkorlik va innovatsiya, aloqa va hamkorlik, tadqiqot va
axborot kompetensiyasi, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul
qilish,
raqamli fuqarolik, asosiy texnologik tushunchalarni tushunish va ulardan
foydalanish kabi asosiy aspektlar ko‗rib chiqilgan.
TRASK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modelida fan
mazmuni, o‗qitish metodikasi hamda dasturiy ta‘minot bo‗yicha
texnologik
bilimlar integratsiyasi o‗z aksini topgan. Ushbu model pedagogning yangi raqamli
texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‗lgan
kompetensiyalari tavsiflaydi (1.2-rasm).