24
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
Ushbu yo‗nalishlar raqamli ta‘lim modelining asosini tashkil qiladi. Raqamli
ta‘lim texnologiyalaridan foydalangan holda samarali
kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zamonaviy pedagogdan qanday kompetensiyalarni shakllantirish
kerakligi batafsil tavsiflangan.
Raqamli ko‗nikmalar – "bilim olish" darajasida muhim rol o‗ynaydi,
chunki
AKT bo‗yicha tayanch ko‗nikmalar o‗qitish jarayoniga texnologiyalarni
integratsiya qilishning muhim sharti hisoblanadi.
Ushbu daraja uchun umumiy
raqamli texnologiyalar – matn muharrirlari,
taqdimot yaratish dasturlari, elektron
pochta xizmatlari va ijtimoiy tarmoq ilovalari aniqlandi.
Mazkur muhim aspektlarning har biri raqamli ta‘lim
muhitida pedagog
kadrlarning
kasbiy
rivojlanishiga
qaratilgan,
ta‘lim
muassasasini
axborotlashtirishning uchta yondashuvi bilan bog‗liq.