|
“Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlariBog'liq Raqamli kompet1.2. “Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlari
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar har bir insonning hayotiga singib
ketgan. Internet resurslari va onlayn xizmatlardan o‗zaro aloqada bo‗lish,
ma‘lumot to‗plash va tahlil qilish, ta‘lim va ijtimoiy hayotda keng miqyosda
foydalaniladi. Shunday qilib, raqamli iz deb ataladigan katta hajmdagi ma‘lumotlar
paydo bo‗ladi.
Raqamli iz (digital footprint) - bu Internetdan foydalanish jarayonida insonlar
tomonidan qoldiradigan ma‘lumotlardir. Ushbu atama internet tarmog‗ida ―internet
izi‖, ―kiber soya‖, ―elektron iz yoki raqamli soya‖ kabi nomlar bilan ham ataladi.
Ushbu ma‘lumotlarga tashrif buyurilgan veb-sayt manzillari, yuborilgan elektron
pochta xabarlari, ijtimoiy media postlari, axborot byulletenlariga obunalar, onlayn
sharhlar va xaridlar va turli elektron shakllarda taqdim etilgan ma‘lumotlar kiradi.
Shu bilan birga, raqamli iz ―faol‖ va "passiv" bo‗lishi mumkin. Raqamli iz inson
o‗zi haqidagi ma‘lumotni ongli ravishda baham ko‗rsa faol bo‗ladi. Agar
foydalanuvchi ro‗yxatdan o‗tgan ism yoki profildan foydalangan holda veb-saytga
kirgan bo‗lsa, u joylashtirgan barcha xabarlar uning faol raqamli izi bo‗ladi.
Shuningdek, turli onlayn anketalarni to‗ldirishda, masalan, axborot byulletenlariga
obuna bo‗lganda yoki brauzerda cookie fayllarni qabul qilishga rozilik bildirishda
faol raqamli iz qoladi. Passiv raqamli iz, shaxs haqidagi ma‘lumotlar u bilmagan
holda to‗plangan holatda hosil bo‗ladi. Masalan, veb-saytga tashrif buyuruvchi
foydalanuvchilarning necha marta tashrif buyurgani, foydalanuvchilar qaerdan
ekanligi va ularning IP-manzillari haqida ma‘lumot to‗plaganida sodir bo‗ladi.
Shunday qilib, har safar inson raqamli dunyoga kirganda, uning raqamli izi
paydo bo‗ladi, u asta-sekin o‗sib boradi. Oqibatda inson haqidagi shaxsiy
ma‘lumotlar, faoliti, qiziqadigan sohasi kabi ma‘lumotlarni ko‗rsatishi mumkin.
|
| |