|
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZBog'liq Raqamli kompet31
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
7. Eski akkauntlarni o‗chirish;
8. Kuchli parollarni yaratish va parol menejeridan foydalanish (kuchli parol
Internet xavfsizligini ta‘minlashga yordam beradi. Kuchli parol kamida 12
belgidan iborat va ideal ravishda ko‗proq va katta va kichik harflar, belgilar va
raqamlarning kombinatsiyasini o‗z ichiga oladi. Parol qanchalik murakkab bo‗lsa,
uni buzish shunchalik qiyin bo‗ladi);
9. Dasturiy ta‘minotni yangilab turish (eskirgan dasturiy ta‘minot ko‗plab
raqamli izlarni o‗z ichiga olishi va kiberjinoyatchilar hujumlariga nisbatan kamroq
chidamli
bo‗lishi mumkin. Agar so‗nggi yangilanishlar o‗rnatilmasa,
kiberjinoyatchilar ushbu ma‘lumotlarga kirish ehtimoli ortadi);
10. Mobil qurilmani sozlash (mobil qurilma uchun parolni o‗rnatish, shunda
yo‗qolgan taqdirda egasidan boshqa hech kim unga kira olmaydi. Ilovalarni
o‗rnatishda foydalanuvchi shartnomasi bilan tanishish kerak. Ilovalar elektron
pochta, joylashuv va onlayn harakatlar kabi shaxsiy ma‘lumotlarni to‗plashi
mumkin);
11. Nashrdan oldin materiallarni baholash;
12. Buzilgan taqdirda, ma‘lumotlarni himoya qilish uchun darhol choralar
ko‗rish (masalan, bank kartasi ma‘lumotlari buzilgan taqdirda, bankka murojaat
qilish lozim);
13. VPN-dan foydalanish (virtual xususiy tarmoqdan (VPN) foydalanish
raqamli izni himoya qilishga yordam beradi. VPN IP-manzilni yashiradi, bu
foylananuvchining tarmoqdagi harakatlarini kuzatishga imkon bermaydi. Bu
internetda maxfiylikni oshiradi va veb-saytlarga brauzer tarixini kuzatadigan
cookie-fayllarni o‗rnatishga to‗sqinlik qiladi).
Shunday qilib, zamonaviy inson hayotida axborot xavfsizligi muammosiga
e‘tibor berish juda muhimdir. Hech bo‗lmaganda, foydalanuvchilar raqamli iz va
raqamli soyani to‗liq nazorat qila olmasligini anglashi lozim.
1.3. Raqamli didaktika va uning asosiy tamoyillari
|
| |