Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil




Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/117
Sana13.05.2024
Hajmi5,98 Mb.
#229116
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117
Bog'liq
Raqamli kompet

Raqamli didaktika
– pedagogikaning bir qismi hisoblanib, raqamli ta‘lim 
muhitida o‗quv jarayonini tashkil etish bo‗yicha fan sifatida qaraladi. Raqamli 
didaktika an‘anaviy didaktikaning asosiy tushunchalari va tamoyillarini raqamli 
muhit sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‗rganish, to‗ldirish va o‗zgartirish 
haqidagi fan sifatida ketma-ket foydalanadi. Dj. D'Andjelo tomonidan raqamli 
didaktika yoki raqamli ta‘lim didaktikasi tushunchasini anglatuvchi ―e-Didactics‖ 
tushunchasini kiritish taklif etilgan. Raqamli didaktika atamasiga M. Choshanov 
"raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalangan holda 
samarali o‗rganish san‘ati haqidagi fan" deb ta‘rif bergan. V.I.Blinovaning fikricha 
raqamli didaktikaning asosiy vositalari quyidagilardirdan iborat: 
– shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayoni;
– raqamli ta‘lim texnologiyalari; 
– metaraqamli o‗quv komplekslari. 
Raqamli ta‘lim didaktik tamoyillari ochiq hisoblanib, yangiligi tufayli raqamli 
ta‘limning nazariy va amaliy imkoniyatlari rivojlangani uchun qo‗shimchalar 


32 
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
kiritishni talab qiladi. Ta‘limni raqamlashtirish natijasida individual ta‘lim 
jarayonlari va talaba faoliyatini doimiy nazorat qilish asosida samarali mustaqil 
ta‘lim olinadi. Raqamli ta‘lim o‗quv mashg‗ulotlarining guruh va individual 
shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, kasbiy bilim va 
ko‗nikmalarning to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi, shuningdek, inklyuziv 
ta‘limning rivojlanishiga sifatli ta‘sir ko‗rsatadi. 
Raqamli ta‘lim jarayonining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ustunlik 
tamoyili, shaxsiylashtirish tamoyili, maqsadlilik tamoyili, moslashuvchanlik 
tamoyili, muvaffaqiyatlilik tamoyili, hamkorlikda o‗rganish tamoyili, amaliyotga 
yo‗naltirganlik tamoyili, murakkablikni oshirish tamoyili, ta‘lim muhitining 
to‗yinganligi tamoyili, polimodallik (multimedia) tamoyili, baholash tamoyili. 
1. 

Download 5,98 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117




Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil

Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish