39
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
2.1. An‟anaviy va raqamli ta‟limda pedagogik dizaynning xususiyatlari.
Raqamli ta‟lim resursini pedagogik loyihalash texnologiyasi. ADDIE
pedagogik dizayn tushunchasi. UX-dizayn.
Pedagogik dizayn – bu onlayn ta‘limni tashkil etishning asosiy usullaridan
biri hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va
natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‗lgan kursga aylantirish imkoniyatini
beradi.
Onlayn ta‘limda tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish uchun kurs yaratish emas, balki
talabalarga natijaga erishishlariga xizmat qiladigan o‗quv resurslarini yaratish
hisoblanadi.
Pedagogik dizayn tamoyillari onlayn ta‘lim jarayonida tinglovchilarni o‗quv
jarayoniga jalb qilishga yordam beradi. Samarali onlayn kurs talabalarning
o‗rganish tamoyillarini, inson ongining qabul qila olish darajasini va ularning
motivatsiyasini hisobga olgan holda yaratilishi lozim. Pedagogik dizayn
tamoyillari talabalar ortiqcha dalillar va ma‘lumotlar bilan chilg‗imasliklari uchun
taqdim etiladigan ma‘lumotlarni tartibga solishga yordam beradi. Pedagog onlayn
kursga aniq maqsadlarga erishishga imkon beradigan bilim va ko‗nikmalarni
kiritadi va maqsadsiz barcha elementlarni olib tashlaydi. Tizimli ishlaydigan kurs
yaratuvchisi nafaqat natija oladi, balki ularni baholaydi.
Pedagogik dizayn onlayn kurslarni loyihalash uchun turli xil modellarni
taqdim etadi. Keling, ulardan eng ommabop to‗rttasini ko‗rib chiqaylik.
ADDIE
— onlayn kursni loyihalash uchun eng keng tarqalgan model
hisoblanadi. Ushbu model 5 ta bosqichdan iborat