40
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
Merrill tamoyillari.
Devid Merrill tomonidan 2002 yilda taklif qilingan tizim
5 ta ta‘lim tamoyillarini birlashtiradi:
−
Vazifalarga yo‘naltirish.
O‘quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq
vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.
−
Tinglovchilar bilimiga murojaat.
Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi
ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.
−
O‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi.
Onlayn kurs tinglovchilari e’tiborini jalb qilishi
va ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan
(ma’ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.
−
Qo‘llash.
Tinglovchilar mashg‘ulot jarayonida yangi bilimlarni mustaqil ravishda qo‘llashlari
kerak.
−
Integratsiya.
Onlayn kurs bo‘yicha bilimlar tinglovchilarning faoliyatiga singib ketishi, amalda
qo‘llanilishi kerak.
Gane ta‟limotining 9 ta darajalari.
Robert Gane bixeviorizm (insoniylik
xulq-atvori) tamoyillariga asoslangan tuzilmani taklif qildi.
−
E’tiborini jalb qilish.
Yorqin tasvir, yo‘lantiradigan savol va unutilmas statistik raqamlardan
foydalanish mumkin.
−
Maqsadlar haqida gapirish.
Onlayn kursning kirish qismida erishiladigan natijalarni tavsiflash
lozim. Maqsadga erish ko‘rsatkichlarini aniqlash lozim.
−